28.11.2026
ЦБ Узбекистан
1 USD = 12017.70
1 RUB = 146.39
Tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.Shu maqsadda turli tekshiruvlar bekor qilinib, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ...
2022-yil 23-24 sentabr kunlari Toshkent DavlatIqtisodiyot Universitetida xalqaro savdo markazi (Jeneva) vakillari ishtirokidaxalqaro savdo doirasida o'quv seminar-treninglari o'tkazildi."Savdo va raqamlashtirish orqali universalrivojlanishni qo'llab-quvvatlash" seminar-treningining mavzusi Mr Schoontomonidan olib borildi. Va o'rta Osiyo xalqaro savdo markazining o'qituvchilaribilan.Ushbu seminarlarda O'zbekistondagi transchegaraviysavdo boshqarmasi, xalqaro savdo qoidalari, eksport jarayoni, Yevropa Ittifoqibozori talablari, sifat va ...
Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov O‘mon savdo, sanoat va investitsiyani targ‘ib qilish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.Ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bugungi kunning muhim mavzusi ekanini ma’qulladilar.Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzish va tomonlar qiziqishiga birdek javob bera ...
Respublikada yagona “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida o‘tgan sakkiz oy davomida 260 dan ziyod tinglovchi tahsil olib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.Xo‘sh, markaz nima maqsadda va kimlarga uchun tashkil etilgan?!O‘quv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini ...
Yangi Andijon shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbir Prezidentimizning joriy yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan “Ochiq muloqoti” natijalari muhokamasi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqish, shuningdek, 2022 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “Ochiq muloqoti” da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ...
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, jamlangan ishbilarmonlik muhiti indeksining yaxshilanishiga qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, "Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti"ni tayyorlash jarayonida 8,5 mingta yakka tartibdagi tadbirkor muammolarining hal etilishi va qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ...
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va dehqon xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yerdan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, mazkur soha mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i sifatida aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.Fermerlik faoliyatini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot yetishtirishning asosiy tamoyili bu — aniq iqtisodiy hisob-kitob va istiqbolli ...
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi Cho‘michli mahallasida yashovchi usta dehqon Murod aka Isanov xonadonida yurtimizda o‘sadigan barcha turdagi mevali daraxt turlarini uchratasiz. Daraxt oralarida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining hamma barcha turlaridan mo‘l hosil yetishtirilmoqda.Asli kasbi sog‘liqni saqlash xodimi bo‘lsada, 0,35 sotix yer maydonida uzumning 8 xil, jumladan Rizamat ota, Kelinbarmoq, Ketmonsopi, ...
Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi “Business” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ob’ekt foydalanilmayotgan sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.Xususan, Urganch shahar hokimining noqonuniy qarori asosida MCHJga tegishli yer maydoni yer zaxira fondiga qaytarilgan. Natijada, jamiyat 1 yil davomida ushbu hududda joylashgan ob’ekt bo‘yicha qurilish ishlarini muntazam ravishda olib borish ...
Buxoroda “Ming tadbirkor ayol” shiori ostida forum bo‘lib o‘tdi.Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish orqali moddiy manfaatdorligini oshirishga xizmat qiladigan mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, aksionerlik ...
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Yashil vodiy paxtazori” fermer xo‘jaligi g‘alla va paxtadan mo‘l hosil oldi. 29,4 gektar yerga chigit qadagan mirishkorlar birinchi terimda uygan paxta xirmoni 130 tonnaga yetdi. Bu belgilangan rejadan 16 tonnaga ko‘p. Har gektar yerdan olingan hosildorlik salmog‘i 45 sentnerdan oshdi. Muvaffaqiyatlarga o‘z -o‘zidan erishilmadi. Paxta yetishtiruvchi ...
Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish maqsadida, keng ko‘lamli ishlar olib borilib, tadbirkorlarga bir qancha qulaylik va yengilliklar yaratilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 25 apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini qo‘llashni soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-115 son farmoni hech shubhasiz ...