28.11.2026
ЦБ Узбекистан
1 USD = 12017.70
1 RUB = 146.39
“2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochiliksohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”giPrezident qarori (PQ–260-son, 03.08.2023 y.) qabul qilindi Qarorga ko‘ra, 2023–2024 yillarda: 187 614 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo qilinadi; respublikaning 51 ta tuman va shahrida “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2–2,5 ming gektar er maydonlarida uzum plantatsiyalari ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi.Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining birinchi sammiti doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.Valiahd davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga ...
Qayd etish lozimki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatdir.Tadbirkorlik faoliyati erkinligi prinsipini qo‘llashning muhim jihatlari nimada? O‘zA muxbiri Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy ...
Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855, 13.07.2023 y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. ...
MunosabatBugun barcha sohalarda begilangan vazifa va maqsadlarga iqtisodiy barqarorlikni ta’minlamasdan turib erishib bo‘lmaydi. Shu bois Prezidentimiz inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida barcha sohalarda bo‘lgani kabi mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.Xususan, bu borada mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi yanada oshirilib, iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlar amalga oshirilishi belgilandi. Jumladan, “Yashil iqtisodiyot”, ...
14 iyul kuni Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida, O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.Unda deputat va senatorlar, davlat tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy ...
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilib, o‘z lavozimiga kirishdi.Majlisda davlatimiz rahbari nutq so‘zladi. Prezident iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlar amalga oshirilishini ta’kidladi. “Yashil iqtisodiyot”, “yashil energiya” tamoyillari yanada keng joriy etiladi. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi bir necha ...
Saylovda davomat 79,8 foizni tashkil etgan. O‘zbekistonning amaldagi davlat rahbari 2030 yilga qadar prezidentlikda qoladi.Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovining dastlabki natijalarini ma’lum qildi.Unga ko‘ra, prezident saylovida 15,6 mln kishi, ya’ni saylovchilarning 79,8 foizi qatnashgan.Shavkat Mirziyoyevga 13 mln 625 mingdan ortiq saylovchi (87,05 ...
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Mo‘g‘ulistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Dorj Bayarkhu bilan uchrashdi.Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin tashrifi chog‘ida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya tuzish to‘g‘risidagi Bitim imzolanganini, joriy yilning sentyabr oyida Mo‘g‘uliston oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat ...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlarida bir qator qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi.Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston ...
Jahon banki O‘zbekistonga “O‘zbekistonning energetika sohasini transformatsiya qilish uchun innovatsion uglerod resurslari” loyihasi doirasida 46 million 250 ming dollarlik grant mablag‘larini taqdim qilmoqda. Bu haqda Jahon banki axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar energiya subsidiyalarini isloh qilish doirasidagi chora-tadbirlarni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi. Ular energiya resurslari iste’molini va ...