Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Yаngi sheriklik imkoniyatlari



Ulashing :


O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda «Delovaya Rossiya» jamoat tashkilotining Perm o‘lkasi vakillarining O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi muloqoti

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining taklifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasining Perm o‘lkasidan «Edinaya Rossiya» partiyasi vakillari hamda «Delovaya Rossiya» umumrossiya jamoat tashkilotining Perm o‘lkasi mintaqaviy bo‘linmasi vakillaridan iborat delegatsiyaning 2026 yil 20 oktyabr kungi tashrifi doirasida Dastur bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida uchrashuvi bo‘ldi. Unda mamlakatimizdagi tadbirkorlik muhiti, biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va mahalliy korxonalarning xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari bilan tanishishga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlik uchun munosib sheriklarni topish, investitsiyaviy takliflarni ilgari surish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhim ahamiyat kasb etdi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, bozorlar haqidagi ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun qulay imkoniyat yaratadi.

O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi, rivojlanayotgan ishlab chiqarish salohiyati va Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlari Perm o‘lkasi korxonalari uchun ham istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘z navbatida, Perm o‘lkasining sanoat, mashinasozlik, kimyo, energetika va ilmiy-texnologik sohalardagi tajribasi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch xosil qilish mumkin.

O.Sharipov, O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi direktor o‘rinbosari





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

26 10 2026 / 15:03