Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Rossiya Federatsiyasining Perm o‘lkasidan «Edinaya Rossiya» partiyasi vakillari hamda «Delovaya Rossiya» umumrossiya jamoat tashkilotining Perm o‘lkasi mintaqaviy bo‘linmasi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda



Ulashing :


Samarqanddagi tashriflar: hududiy hamkorlik imkoniyatlari

Tashrifning uchinchi kuni, ya’ni 2026 yil 22 oktyabr sanasida, delegatsiya dasturga binoan Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik muhiti va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishish, shuningdek, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan ahamiyatli bo‘ldi.

Samarqanddagi tegishli muassasalar va ob’ektlarga, xususan O‘zbekiston savdo-sanoat palasining Samarqand viloyat xududiy bo‘limiga, “Aziya metal” MCHJ sanoat zonasiga hamda “Meros” gospitaliga tashriflari qizg‘in kechdi. Tashrif chog‘ida Samarqand shahrining ko‘plab tadbirkorlari va ishbilarmonlari bilan suhbatlar va ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Xududiy tashriflar doirasida hududning iqtisodiy imkoniyatlari, mahalliy tadbirkorlik tashabbuslari hamda xorijiy sheriklar bilan aloqalarni kengaytirish istiqbollarini o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi.

Hududiy hamkorlikning rivojlanishi mahalliy korxonalarning yangi bozorlarga chiqishi, investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qilishi mumkin. SHu ma’noda, Samarqanddagi uchrashuv va tashriflar O‘zbekiston–Rossiya ishbilarmonlik aloqalarining faqat poytaxt bilan cheklanib qolmasdan, mamlakatimiz hududlarini ham qamrab olishi uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.

O.Sharipov, O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi direktor o‘rinbosari





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

26 10 2026 / 16:02