Özbekiston va Turkiya yetakçilari keng qamrovli
strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş masalalarini muhokama qildi.
Anqara şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston rahbari Turkiyaning milliy bayrami –
Respublika kuni munosabati bilan butun turk xalqini qizğin muborakbod etib,
tinçlik-osoyiştalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.
«Muloqot çoğida ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli
strategik şeriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy-diplomatik,
savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada mustahkamlaş masalalari
atrofliça muhokama qilindi.
Sönggi yillarda barça darajalarda faol muloqotlar olib
borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro tovar ayirboşlaş va
investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar va aviaqatnovlar soni izçil ösib
bormoqda. Hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça muntazam ravişda qöşma tadbirlar
ötkazib kelinmoqda», – deyiladi xabarda.
Tomonlar biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori
darajadagi kengaşni taʼsis etiş, Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi
yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş, istiqbolli loyihalar portfelini
kengaytiriş hamda yangi yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni izçil davom
ettiriş muhimligiga alohida eʼtibor qaratgan.
Yetakçilar bölajak tadbirlar rejasi, xalqaro va
mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.
kun.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
30 10 2026 / 10:33