Hukumat qarori (467-son, 04.09.2026 y.)
bilan “Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etish
uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini
ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Ushbu Maʼmuriy reglament xalqaro turizm yarmarkalari va
ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun turoperatorlar, joylashtirish
vositalari, transport tashkilotlari va turizm sohasida faoliyat
yuritadigan boshqa tadbirkorlarni aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
tartibini belgilaydi.
Markaz har bir xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmasi
o‘tkazilishidan kamida 120 kalendar kun oldin bu haqidagi
eʼlonni o‘zining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga
joylashtiradi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali
foydalanishi mumkin.
Bunda ariza
quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
- viza talab
qilinadigan davlatlarda
o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun – xalqaro tadbir
to‘g‘risida eʼlon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir
o‘tkazilishidan kamida 100 kalendar kun oldin);
- viza talab qilinmaydigan davlatlarda ishtirok etish uchun –
xalqaro tadbir to‘g‘risida eʼlon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir
o‘tkazilishidan kamida 30 kalendar kun oldin).
Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlari quyidagi toifalar bo‘yicha
aniqlanadi:
- I toifa – turoperatorlar;
- II toifa – joylashtirish vositalari;
- III toifa – transport va aviatsiya tashkilotlari;
- IV toifa – ishtirok etish istagini bildirgan turizm sohasida
faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlari.
Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni
quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- turoperator uchun – 60 foiz;
- joylashtirish vositalari uchun – 15 foiz;
- transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun – 15 foiz;
- turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun
– 10 foiz.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
02 11 2026 / 11:33