O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy
qo‘mitasi fermerlar, dehqonlar va yer egalarini dala maydonlaridagi
xazonlar, shox-shabbalar va boshqa o‘simliklar qoldiqlarini
yoqmaslikka chaqirdi.
Buning
o‘rniga, o‘simliklar qoldiqlaridan ko‘chatlarni kompostlash, mulchalashda yoki
chorvachilik ehtiyojlari uchun foydalanish tavsiya qilindi.
“O‘simliklar
qoldiqlarining yoqilishi natijasida atmosfera havosiga juda ko‘p miqdorda
(toksik) zaharli moddalar — uglerod oksidi (SO), azot oksidi (NOx), azot 2
oksidi (NO2), benz (a)piren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen
kabi atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi zaharli
moddalar ajralib chiqadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Qolaversa,
olovning yuqori harorati ta’sirida tuproq tarkibidagi makro
va mikroelementlar yo‘qoladi, tuproq unumdorligi kamayadi.
Muassasa
eslatishicha, dala maydonlariga o‘t qo‘yish bazaviy hisoblash miqdorining 10
baravarigacha miqdorda (4,4 mln so‘m) ma’muriy jarimaga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yong‘in
sodir bo‘lgan ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi
tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanadi.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
02 11 2026 / 15:42