Özbekistonning Delever startapi 380 ming dollar investitsiya jalb qildi
Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Biznesga
buyurtmalar va yetkazib beriş jarayonlarini boşqariş uçun B2B SaaS
platformasini işlab çiquvçi Özbekistonning Delever startapi 380 ming dollar
investitsiya jalb qildi. Investitsiya raundiga 300 ming dollar kiritgan
AloqaVentures vençur fondi rahbarlik qildi. Qolgan 80 ming dollar esa Nexus
Club tomonidan investitsiya qilindi.
AloqaVentures uçun bu kompaniyaga kiritilgan takroriy investitsiya
hisoblanadi: fond Delever‘ga birinçi marta 2024 yilda sarmoya kiritgan.
AloqaVentures va Nexus Angel Club hamkori Davron Parmanovning ta’kidlaşiça,
pre-seed bosqiçida fond 100 ming dollar investitsiya qilgan. Uning sözlariga
köra, jamoa qisqa vaqt içida zararsizlik nuqtasiga yetgan va yetti mamlakatda
ösişni namoyiş etgan.
Hozirda fond qöşimça (follow-on) investitsiyalar ajratmoqda. Parmanovning
qayd etişiça, kompaniya uşbu bozorlarni egallaş va faol sur’atlarda kengayişni
rejalaştirmoqda. «Jamoa kuçli: ular mahsulot yaratişni ham, uni sotişni ham
biladi», — dedi u.
Delever yetkazib beriş xizmatiga ega bizneslar uçun zarur vositalarni
yagona tizimda birlaştiradi. U barça savdo kanallaridan buyurtmalarni qabul
qiliş, agregatorlar bilan integratsiya, kassa tizimlari, yetkazib beriş
jarayoni va kuryerlarni boşqariş imkoniyatlarini taqdim etadi. Hozirda
platformadan yetti mamlakatda, asosan Özbekiston va Qozoğistondagi 1 400 dan
ortiq restoran va dökon foydalanmoqda.
Jalb qilingan mablağlar kompaniya tomonidan mahsulotni rivojlantiriş, uning
imkoniyatlarini kengaytiriş va yangi bozorlarga çiqiş uçun yönaltiriladi.
Delever hammuassisi va boş direktori Faxriddin Yusupovning ta’kidlaşiça,
yetkazib beriş xizmatiga ega restoranga bir-biridan ajralgan önlab servislar
emas, balki yagona tizim kerak. Uning sözlariga köra, AloqaVentures‘ning
takroriy investitsiyasi kompaniya uçun mablağ miqdoridan ham muhimroq: fond
kompaniya faoliyatini içidan körgan va yana sarmoya kiritişga qaror qilgan.
Delever özini yetkazib beriş xizmatiga ega restoranlar va çakana savdo
korxonalari uçun operatsion tizim sifatida taqdim etadi. U savdo kanallari,
buyurtmalar, agregatorlar va yetkazib beriş jarayonlarini yagona interfeysda
birlaştiradi. Kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti va Astana Hub iştirokçisi
hisoblanadi. Delever Ltd. esa Qozoğistondagi Moliya markazida (MFSA) röyxatdan
ötgan.
UzDaily.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
03 11 2026 / 10:09