Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK)
mustaqil xalqaro auditdan muvaffaqiyatli ötib, volfram böyiça RMAP Conformant
maqomini qölga kiritdi.
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Bu Markaziy Osiyo volfram sanoatidagi birinçi şunday
natijadir.
Jahon bozorida metallning sifati va narxi bilan birga,
uning qayerdan kelgani, qanday şaroitda işlab çiqarilgani va xaridorga qay
tarzda yetkazib berilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yirik sanoat
kompaniyalari xomaşyo yetkazib beruvçilarni tanlaşda taʼminot zanjirining
şaffofligi va masʼuliyatli xarid tamoyillariga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Özbekiston texnologik metallar kombinati erişgan
natijaning ahamiyati ham şu bilan boğliq. RMAP Conformant maqomi korxonaning
mineral xomaşyoni masʼuliyatli yetkazib berişga doir tegişli talablarga
muvofiqligi mustaqil audit orqali baholanganini anglatadi.
Bu maqom Özbekiston uçun qanday imkoniyatlar yaratadi?
Xalqaro bozorga çiqişda işlab çiqariş quvvati va
mahsulot sifati bilan bir qatorda, xaridorning işonçi ham muhim. Yangi maqom
Özbekiston volframining xalqaro xaridorlar uçun işonçli taʼminot manbai
sifatidagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, u yirik sanoat kompaniyalari bilan
hamkorlikni rivojlantiriş, yangi xaridorlar bilan aloqalar örnatiş va eksport
bozorlarini kengaytiriş uçun qöşimça asos yaratadi. Bu, ayniqsa, yetkazib
beruvçilarga masʼuliyatli taʼminot böyiça talablar qöyadigan kompaniyalar bilan
işlaşda ahamiyatlidir.
RMAP tizimining Yevropa komissiyasi tomonidan ham
rasman tan olingani uning xalqaro taʼminot zanjirlaridagi ahamiyatini oşiradi.
Bu eʼtirof Özbekiston volframining jahon bozoridagi
mavqeini mustahkamlaş va xalqaro xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni
kengaytirişga xizmat qiladi.
кун.уз
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
03 11 2026 / 10:37