“Agrobank”
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ishlab chiqarish uskunalari markazlarini
ochdi. Bu yerda tadbirkorlar uskunalarni ko‘rib, sinab tanlashi, biznes
reja tayyorlash, moliyalashtirish va uskunani ishga tushirish bo‘yicha
xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Uskuna tanlash, biznes reja ishlab chiqish
va loyihani moliyalashtirish — “Agrobank” Jizzax va Sirdaryoda
ochgan yangi markazlarda bu xizmatlar bir joyda jamlangan. Tanlangan
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha “Loyihalar fabrikasi” bilan hamkorlikda biznes
reja tayyorlanadi, “Agrobank” kreditini esa joyida rasmiylashtirish imkoniyati
yaratiladi. Tadbirkorlarga uskunani ishga tushirish, undan foydalanish
va keyingi texnik xizmat masalalarida ham yordam beriladi.
Markazlarda qadoqlash,
oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, sovutish
va plastmassa mahsulotlari tayyorlash uchun uskunalar namoyish etiladi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, metall va shishaga ishlov berish, lazer
texnologiyalari hamda poligrafiya yo‘nalishlariga oid uskunalar ham bor.
Tashrif buyuruvchilar
uskunaning ishlashini amalda ko‘rishi, uni sinab, o‘z ehtiyojiga mosini
tanlashi mumkin. Bu xarid qilishdan oldin uning imkoniyatlari
va foydalanish tartibini tushunishga yordam beradi.
Tanlangan texnikaning narxi
quvvati va imkoniyatlariga qarab 2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘lishi
mumkin. Qimmatroq uskunalar kerak bo‘lsa, ularni Xitoy va Turkiyadagi
ishlab chiqaruvchilardan buyurtma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish
imkoniyati ham mavjud.
Markazda mijozlar uchun
tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha “Loyihalar fabrikasi” bilan hamkorlikda
biznes reja ishlab chiqiladi. Shu tariqa uskuna tanlash loyihani
rejalashtirish va unga zarur mablag‘ni aniqlash bilan birga olib boriladi.
“Loyihalar fabrikasi” —
tadbirkorlarga biznes g‘oyasini aniq loyihaga aylantirish va uni amalga
oshirish uchun biznes-reja tayyorlashda ko‘maklashuvchi tuzilma.
Loyihani moliyalashtirish
uchun “Agrobank” kreditini markazning o‘zida rasmiylashtirish imkoniyati
yaratilgan. Tadbirkor uskunani tanlash, biznes-reja tayyorlash
va moliyalashtirish masalalarini bir manzilda ko‘rib chiqa oladi.
Texnikani yetkazib berish,
o‘rnatish va ishga tushirish ishlari ham bank tomonidan tashkil etiladi.
Tadbirkorlarga undan samarali va xavfsiz foydalanish o‘rgatiladi. Bunday
ko‘mak ishlab chiqarish uskunasi bilan ilk bor ishlayotgan tadbirkorlarga ham
mo‘ljallangan.
Ishlab chiqarish
boshlanganidan keyin ham texnik xizmat va servis masalalarida amaliy
ko‘mak beriladi. Shu tariqa tadbirkor uskunadan foydalanish davrida ham
texnik yordam olishi mumkin.
“Agrobank” tomonidan bunday
markazlarni tashkil etish tashabbusi hududlarda aholi va tadbirkorlarning
muammo hamda takliflarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Markazlar
aholining shu ehtiyojlariga amaliy yechim taklif etishga qaratilgan.
Tashabbus orqali mahalla
va xonadonlarda kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish, oilalarga o‘z
yashash joyida mahsulot tayyorlash va daromad topish imkoniyatini
kengaytirish ko‘zda tutilgan. Uskuna, biznes-reja, moliyalashtirish
va texnik ko‘makning bir joyda tashkil etilishi shu maqsadga xizmat
qiladi.
Uskunalar bilan tanishish va mutaxassislardan
maslahat olish uchun markazlarga tashrif buyurishingiz mumkin.
Jizzaxdagi markaz: Sharof
Rashidov tumani “Yangihayot” MFY, Paxtakor ko‘chasi 141-uydagi Agromarkaz
binosida joylashgan.
Sirdaryodagi markaz: Guliston
shahri “Bahor” MFY Toshkent shoh ko‘chasi 77-uyda faoliyat yuritadi.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
03 11 2026 / 14:09