Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

APEX BANK ayollar tadbirkorligini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda



Ulashing :


APEX BANK Hamroh ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi bilan hamkorlikda tadbirkor ayollar uchun maxsus moliyalashtirish dasturini taklif etmoqda. Dastur yangi biznes boshlash, mavjud faoliyatni kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan.

Bugungi kunda xotin-qizlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda. Ularning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishida moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati muhim ahamiyatga ega.

Dastur doirasida 11 mlrd so‘mgacha (25 000 BHM) kredit olish mumkin. Mablag‘lar asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirishga yo‘naltirilishi mumkin.

Yangi ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalar uchun moliyalashtirish miqdori quyidagicha belgilangan:

· 440 mln so‘mgacha (1000 BHM) — kamida 2 ta ish o‘rni yaratilganda;

· 1,76 mlrd so‘mgacha (4000 BHM) — kamida 5 ta ish o‘rni yaratilganda;

· 11 mlrd so‘mgacha (25 000 BHM) — kamida 10 ta ish o‘rni yaratilganda.

Shuningdek, ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkor ayollar uchun 44 mln so‘mgacha (100 BHM) garovsiz kredit olish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Bu yetarli garov mulkiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga ham o‘z biznes tashabbuslarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Asosiy vositalarni xarid qilish va barpo etish uchun kreditlar 7 yilgacha, shu jumladan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun esa 2 yilgacha muddatga moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Yillik foiz stavkasi 21%ni tashkil etadi.

Kredit ta’minoti yetarli bo‘lmagan hollarda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan kredit summasining 50 foizigacha taqdim etiladigan kafillikdan foydalanish mumkin.

APEX BANK va Hamroh kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik ayollarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ularning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

APEX BANK kelgusida ham tadbirkor ayollarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va rivojlantirishi uchun qulay moliyaviy yechimlarni taklif etishda davom etadi.

Moliyalashtirish shartlari: kreditlar bankning kredit siyosati va ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq ajratiladi. Kreditning yakuniy miqdori, muddati va ta’minotiga oid talablar loyiha ko‘rib chiqilib, ma’qullangandan so‘ng belgilanadi hamda kredit shartnomasida aks ettiriladi.

BHM miqdori e’lon qilingan sanadagi holatga ko‘ra hisoblangan.

газета.уз


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

05 11 2026 / 11:39