Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Samimiy uchrashuvlardan maqsadli loyihalar sari



Ulashing :


2026-yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘z ofisida Janubiy Koreyaning KHAN GLOBAL GROUP tarkibiga kiruvchi UMMS-Holding hamda UNITED RENTAL kompaniyalari rahbarlarini qabul qilib, samimiy va konstruktiv muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv chog‘ida har ikki taraf mamlakatimizda tadbirkorlikni va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir necha yil oldin boshlangan ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish, O‘zbekistonga Koreyaning yangidan-yangi inovatsion ishlanmalarni jalb etish, xususan IT va marketing, logistika sohalarini rivojlantirish, agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda qo‘shilgan qiymat yaratish orqali tovar ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini oshirish, turizmni rivojlantirish orqali xududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish barobarida ijtimoiy masalalarni hal etish yo‘llarini izlash va echimlarini amaliyotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan ilgari surilayotgan “O‘zbekistonda zamonaviy (namunaviy) qishloqlarni barqaror va muvozanatli rivojlantirish” konsepsiyasi hamda “Toshkent dengizi” deyilmish - Tuyabo‘g‘iz suv ombori va uning atrofini agro-ekologik klassterga aylantirish g‘oyasi mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

Aytib o‘tish kerakki, yuqorida qayd etilgan g‘oyalar markaz direktori o‘rinbosari doktor SHaripov Orif Muxamedovichning ko‘p yillik kuzatuvlari va chuqur tahlillarga asoslangan tashabbusli loyihalardan. Koreyalik tadbirkorlar diqqat bilan tanishib, mazkur tashabbuslarni o‘rganib chiqib, yaqin orada ushbu loyihalarni texnik va moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlash masalasi yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirishlarini aytib o‘tishdi. Markaz, o‘z navbatida, mahalliy xokimiyat organlari va manfaatdor sub’ektlar bilan bu loyihalarning mazmun-mohiyatini muhokama qilib olish va pilot loyihani amalga oshirishga maydonchalar belgilab olishni zimmasiga oladigan bo‘ldi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv Markazning mamlakatimizga chet el investitsiyalarini jalb etish orqali xududlarni innovatsion rivojlanishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish - aholining turmush farovonligini yuksaltirishda olib borayotgan ishlar sirasiga kiradigan amaliy qadam bo‘ldi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zTFQM





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

05 11 2026 / 14:27