Özbekistonda 2026-yilda 5 million tonnadan ziyod
paxta yiğib olindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga yöllagan
tabrigida bu yil fermerlar paxtadan 13–14 trillion söm sof foyda olişi
kutilayotganini bildirdi.
Özbekistonda 5 million tonnadan ziyod paxta terildi
Davlat rahbarining 4-noyabrdagi tabrigida uşbu natija
Yangi Özbekiston tarixidagi rekord sifatida qayd etildi. Prezident uni
«paxtaçilik sohasidagi Yangi Özbekiston möʼjizasi» deb atab, dehqonlar,
fermerlar, agronomlar, suvçilar, mexanizatorlar, olimlar va klaster xodimlariga
minnatdorlik bildirdi.
Tabrikda keltirilişiça, keyingi yillarda çigit
ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqartirilgan. Ötgan davrda paxtaçilikda örtaça
hosildorlik 21 sentnerdan 56 sentnerga yetib, 2,7 karra oşgan. Suv tejovçi
texnologiyalar hisobiga suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki baravar kamaygan.
Taqqoslaş uçun, 2000-yilda mamlakatda 1,4 million gektar maydonga çigit ekilib, jami 3 million tonna paxta terib olingan.
Bu yil qariyb 400 ming gektar yerda örtaça
hosildorlik 70 sentnerga yetgan, salkam 70 ming gektarda esa gektaridan 100–110
sentnergaça hosil olingan. Mingga yaqin fermer xöjaligi va klaster örtaça 100
sentnerlik yoki undan yuqori natijani qayd etgan.
Paxtakor tumanidagi Anorboy Eşmatov va Jarqörğon
tumanidagi Uluğbek Söpiev har gektardan 110 sentnerdan hosil olgan. Yana 4
mingdan ziyod fermer hosildorlikni örtaça 60–70 sentnerdan, 2,5 ming nafari esa
80 sentnerdan oşirgan.
Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo
viloyatlarida örtaça hosildorlik 60 sentnerdan yuqori bölgan. Qoraqalpoğistonda
bu körsatkiç ötgan yillarga nisbatan 10–15 sentnerga oşgan va 400 ming tonnadan
ortiq paxta yiğib olingan.
Tumanlar orasida eng katta xirmon Kosonda bunyod
etilgan - 110 ming tonna. Mirişkorda 105 ming, Kasbida 95 ming, Nişonda 90 ming
tonna paxta terilgan.
Prezident maʼlumotiga köra, hosilning 85 foizi 3
mingdan ortiq paxta teriş maşinasi yordamida 30–35 kunda yiğib olingan. Jizzax
va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaştiriş darajasi 100 foizga yetgan.
Tabrikda raqamlaştiriş va dronlardan foydalaniş
orqali sarf-xarajatlar ikki baravar kamaytirilgani ham taʼkidlangan. Şuningdek,
moliyaviy resurslardan oqilona foydalaniş, tölov intizomining yaxşilanişi,
subsidiyalaşning takomillaştirilişi va suğurta tizimining yaratilişi
natijalarga taʼsir qilgan omillar sifatida körsatilgan.
Kelgusi yilda paxtadan örtaça hosildorlikni 65–70
sentnerga yetkaziş maqsad qilingan. Buning uçun serhosil uruğlik navlari,
agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sunʼiy intellektdan
foydalaniş imkoniyatlari kengaytirilişi bildirilgan.
Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, Toşkentda Xalqaro paxta
kuniga bağişlab ötkazilgan anjumanda 30 dan ziyod mamlakat olim va
mutaxassislari Butunjahon paxtaçilik markazini Özbekistonda taşkil etiş
taklifini bildirganini qayd etdi.
kun.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
05 11 2026 / 15:32