2027-2028
yillarda Uzbekistan Airways, “Özbekiston Milliy elektr tarmoqlari”,
“Özbekgidroenergo”, “Özbektelekom” va Özsanoatqurilişbank IPO (SPO) ötkazişi
rejalaştirilgan, deya maʼlum qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Iyun
oyidagi taqdimotda bu kompaniyalarni transformatsiya qiliş işlarini joriy
yildayoq yakunlaş maqsad qilingani aytilgandi.
2027-2028
yillarda 5 ta kompaniya IPÖga çiqadi - IMV
Özbekiston
hukumati 2027-2028 yillarda 4 ta yirik korxona va 1 ta bank aksiyalarini IPÖga
çiqarişni rejalaştirmoqda.
Röyxatga
Uzbekistan Airways, “Özbekiston Milliy elektr tarmoqlari”, “Özbekgidroenergo”,
“Özbektelekom” va Özsanoatqurilişbank kiritilgan.
“Hozirda ularni
transformatsiya qiliş va xalqaro kapital bozorlariga tayyorlaş işlari olib
borilmoqda”, – deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 5-noyabr kungi
xabarida.
Boş vazir
örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov 15-iyun kuni davlat
rahbariga qilgan taqdimotida bu beşta kompaniyani IPÖga tayyorlaş böyiça işlar
2026-yilda yakunlanişi maqsad qilinganini aytgandi. Yiğilişda UzAirways
aksiyalarining 15-20 foizini 2026-yil oxirigaça IPO orqali sotiş
rejalaştirilayotgani aytilgandi.
Mazkur 5 ta
kompaniya – Milliy investitsiya jamğarmasi portfeliga kiradi. Joriy yilda
jamğarmaning 35,45 foiz aksiyalari London va Toşkent fond birjalarida IPO
orqali joylaştirilib, davlat byudjetiga 692 mln dollar tuşirildi. Jamğarmani
AQŞning Franklin Templeton kompaniyasi boşqarmoqda.
Iqtisodiyot va
moliya vazirligining 5-noyabr kungi xabarida aytilişiça, xalqaro investorlar
bilan hamkorlik doirasida 14-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan Investors Day
tadbirida 250 nafardan ortiq xorijiy investor iştirok etgan, ularning umumiy
investitsiya portfellari qiymati 2,5 trln dollardan oşgan.
16-oktabr kuni
esa Corporate Governance Day 2026 tadbiri taşkil etilib, unda korporativ
boşqaruvni takomillaştirişning quyidagi 6 ta ustuvor yönalişi muhokama
qilingan:
-MHXS asosida sifatli moliyaviy hisobot;
-korporativ taqvimga rioya qiliş;
-KPI tizimini qayta körib çiqiş;
-uzoq muddatli moliyaviy modellar;
-muhim korporativ funksiyalarni kuçaytiriş;
-korxona faoliyatini oşiriş strategiyasi.
кун.уз
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
06 11 2026 / 11:17