Özbekistonda elektrotexnika mahsulotlari işlab
çiqariş hajmi ön yilda qariyb 30 barobar oşib, 50 trillion sömga yetdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev erişilgan natijalar mavjud imkoniyatlarga nisbatan
kamligini taʼkidlab, sohani yanada jadal rivojlantiriş zarurligini bildirdi.
Özbekiston elektrotexnika sanoatida 50 trillion
sömlik marraga yetdi
9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev
elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va
investorlar bilan muloqot ötkazdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod
Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, sönggi ön yilda Özbekiston
elektrotexnika sanoatiga 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi
işlab çiqariş quvvati işga tuşirilgan.
Şu davrda maişiy texnika, quyoş panellari, elektron
hisoblagiçlar va yuqori kuçlanişli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi
yangi mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Natijada 2026-yilda sohada mahsulot işlab çiqariş
hajmi 50 trillion sömga yetgan. Taqqoslaş uçun, 2016-yilda bu körsatkiç 1,7
trillion sömni taşkil etgan.
Joriy yilda sohaga investitsiyalar hajmi 600 million dollarga, eksport esa 1,6 milliard dollarga yetgan. Ötgan ön yilda elektrotexnika mahsulotlari eksporti 14 barobar oşgan.
Şunga qaramay, davlat rahbari erişilgan natijalar
mamlakatning mavjud salohiyatiga nisbatan yetarli emasligini taʼkidlagan.
Mis işlab çiqariş 500 ming tonnaga yetkaziladi
Muloqotda elektrotexnika sanoati uçun muhim xomaşyo
hisoblangan mis işlab çiqarişni köpaytiriş masalasiga ham alohida eʼtibor
qaratildi.
2026-yilda 3-mis boyitiş fabrikasi işga tuşirilgan.
Uşbu loyiha hisobiga mis işlab çiqariş hajmini 300 ming tonnaga, 2030-yilga
borib esa 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Şuningdek, mamlakatda quyoş va şamol elektr
stansiyalari, energiya saqlaş quvvatlari barpo etilayotgani, hududlarda yirik
quriliş işlari olib borilayotgani qayd etildi.
Kelgusi ön yilda xalqaro hamkorlar bilan birgalikda
umumiy qiymati 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş maqsad
qilingan.
Prezident taʼkidlaganidek, uşbu loyihalar elektrotexnika
mahsulotlari uçun ulkan va uzoq muddatli bozor yaratadi.
Mamlakatda mis va muhim minerallar zaxiralari,
salohiyatli yoşlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar
mavjud. Endi uşbu imkoniyatlarni yangi texnologiyalar va ilğor işlanmalar bilan
birlaştiriş muhimligi qayd etilgan.
kun.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
09 11 2026 / 13:29