Özbekistonda 2027-yildan «1 ming muhandis-konstruktor»
dasturi boşlanadi. Uning doirasida mahalliy mutaxassislar Koreya, Yaponiya,
Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga malaka oşiriş uçun yuboriladi.
Şavkat Mirziyoyev «1 ming muhandis-konstruktor»
dasturini eʼlon qildi
Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning
elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan
muloqotida maʼlum qilindi.
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar
berişiça, davlat rahbari yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va
texnologik rivojlaniş uçun zamonaviy muhandislar, konstruktorlar hamda ilmiy
işlanmalar hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.
Xususan, «NURA Electric» korxonasida muhandislik
işlanmalari va dual taʼlim tizimiga katta eʼtibor qaratilayotgani ijobiy misol
sifatida körsatilgan.
Ayni paytda korxonada 100 nafarga yaqin
muhandis-konstruktor va texnolog öz işlanmalarini amaliyotga joriy etmoqda.
Yana 50 nafar talaba dual taʼlim asosida işlab, bir vaqtning özida ham maoş
olmoqda, ham amaliy tajriba töplamoqda.
Şuningdek, hozirda Özbekistondagi texnika
oliygohlarining 20 nafar talaba va tadqiqotçisi Koreyadagi elektronika korxonalarida
taʼlim olmoqda. Yaqin vaqt içida ularning soni 100 nafarga yetkazilişi
belgilangan.
Muhandislar xorijda malaka oşiradi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2027-yildan «1 ming
muhandis-konstruktor» dasturi işga tuşirilişini eʼlon qildi.
Dastur doirasida mahalliy mutaxassislar Koreya,
Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga yuborilib, ilğor
texnologiyalar hamda zamonaviy işlab çiqariş tajribasini örganadi.
Bundan taşqari, nufuzli xorijiy kompaniyalarda
işlayotgan yuqori malakali özbekistonlik mutaxassislarni mamlakatga jalb qiliş
çoralari köriladi. Ular uçun munosib iş haqi va mehnat şaroitlarini yaratiş
nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, «Yangi Özbekiston», Inha, ToshTech va
Turin politexnika universitetlari kabi oliy taʼlim muassasalariga yetakçi
xorijiy universitetlar bilan qöşma taʼlim dasturlarini taşkil etiş, malakali
mutaxassislarni jalb qiliş hamda zamonaviy muhandis-texnologlar tayyorlaşni
kengaytiriş topşirildi.
Mazkur çoralar orqali Özbekiston sanoatining
texnologik taraqqiyotini taʼminlaydigan yuqori malakali muhandislar korpusini
şakllantiriş maqsad qilingan.
kun.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
10 11 2026 / 10:57