Antaliya
shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 31-konferensiyasi
doirasida prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb
bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot
xizmati xabar qildi.
Muloqot chog‘ida Aleksandr Stubbning o‘tgan yili
O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga
oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, metallurgiya,
energetika va geologiya sohalaridagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish
hamda ekologiya va suv resurslari sohalaridagi hamkorlik masalalariga
alohida e’tibor qaratildi.
2027-yil boshida Hukumatlararo komissiyaning
navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb
masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
11 11 2026 / 16:16