Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi
böyiça 31-konferensiyasi (COP31) bölib ötmoqda. Dunyoning 196 davlatidan
vakillar qatnaşayotgan nufuzli anjumanda Özbekiston delegatsiyasi ham faol
iştirok etib, ekologiya, qişloq xöjaligi, suv tanqisligi va aholi salomatligiga
oid qator muhim kelişuvlarga erişdi.
Özbekiston Antaliyadagi COP31 iqlim sammitida qanday
kelişuvlarga erişdi?
Sammitda Özbekiston özining Milliy pavilonini oçdi. U
milliy qadriyatlarimizga mos ravişda «Uzumzor - ötmiş merosi, bugunning yeçimi
va kelajak ilhomi» degan ğoya asosida qurilgan bölib, tabiiy soya va salqinlik
muhitini aks ettiradi. Pavilonda xorijiy mehmonlarga mamlakatimizdagi «Yaşil
makon», «Toza havo», «Çiqindidan xoli hudud» kabi loyihalar hamda «Green
University» faoliyati taniştirilmoqda. Anjuman davomida bu yerda 40 dan ortiq
uçraşuv va taqdimotlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Konferensiyadagi eng katta yangiliklardan biri -
Markaziy Osiyo tabiatini tiklaşga qaratilgan yirik dasturga (CLiCA) start
berilgani böldi. Yaşil iqlim jamğarmasi, Germaniya hukumati va Yevropa
investitsiya banki kömagida amalga oşiriladigan uşbu loyiha doirasida
Özbekistonga 103,7 million yevro ajratiladi. Bu mablağlar Andijon, Farğona,
Namangan va Surxondaryo viloyatlarining 15 ta tumaniga yönaltiriladi. Loyiha
orqali 18 ming gektar örmon va 123 ming gektar yaylov qayta tiklanadi, fermer
xöjaliklarida tomçilatib suğoriş tizimlari va issiqxonalar quriladi,
qurğoqçilikka çidamli ekinlar ekiladi. Şuningdek, 12 ming nafar fermerga
maslahat va kredit olişda kömak berilib, jami 342 ming nafar aholining iqlim
özgarişlariga moslaşişiga yordam körsatiladi. Ekologiya va iqlim özgarişi
milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov bu dastur qoğozda qolib ketmasdan,
amalda yaşil yonbağirlar, tiklangan yaylovlar va barqaror fermer xöjaliklariga
aylanişi kerakligini taʼkidladi.
Sammit doirasida Adaptatsiya jamğarmasi rahbari Mikko
Ollikaynen bilan ham uçraşuv ötkazildi. Unda qişloq xöjaligi va fermerlarni
iqlim özgarişidan himoya qilişga qaratilgan 15,4 million dollarlik loyihalar
muhokama qilindi. Özbekiston tomoni Toşkent şahrida Adaptatsiya jamğarmasining
Markaziy Osiyo davlatlari uçun mintaqaviy markazini oçişni taklif etdi. Bundan
taşqari, Orolböyi hududida çang va tuz böronlariga qarşi kuraşiş hamda
xavflarni sunʼiy intellekt yordamida oldindan aniqlaş masalalari körib çiqildi.
Antaliyada Turkiyaning Atrof-muhit, şaharsozlik va
iqlim özgarişi vaziri Murat Kurum bilan ötkazilgan muzokaralar yakunida ikki
davlat örtasida ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga köra, Özbekiston
va Turkiya havo hamda suv ifloslanişining oldini oliş, çiqindilarni qayta
işlaş, çöllanişga qarşi kuraşiş va yaşil şaharlarni rivojlantiriş böyiça
birgalikda iş olib boradi.
Şuningdek, Jahon meteorologiya taşkiloti rahbariyati
bilan ötkazilgan uçraşuvda ob-havoni kuzatiş tizimlarini zamonaviylaştirişga
kelişib olindi. Xususan, Özbekistonda qum va çang böronlarini oldindan aniq
prognoz qiliş, havo sifatini doimiy kuzatib boriş hamda aholini xavfli ob-havo
hodisalaridan erta ogohlantiriş tizimlari kuçaytiriladi.
Anjumanda iqlim özgarişining inson salomatligiga
taʼsiri ham eʼtibordan çetda qolmadi. Mutaxassislar jazirama issiq va suv
tanqisligi birinçi navbatda ayollar, bolalar va qişloq aholisi soğliğiga xavf
solayotganini qayd etişdi. Şu maqsadda xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda
Qoraqalpoğistonda onalar salomatligini himoya qilişning iqlim şaroitiga
moslaşgan yangi tizimi işlab çiqilmoqda. Bundan taşqari, Özbekiston pavilonida
qurğoqçilik va ekologik muammolarning yoşlar ruhiyatiga taʼsiri muhokama
qilinib, yoşlar uçun psixologik kömak dasturlarini yölga qöyiş zarurligi
aytildi.
Qişloq xöjaligida suvni tejaş yönalişida esa BMTning
Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) bilan hamkorlikda Özbekiston
tajribasi taqdim etildi. Unda yerni haydamasdan töğridan-töğri ekin ekiş
(No-till) usuli orqali tuproq namligini saqlab qoliş, suv kam talab qiladigan
ekinlarni köpaytiriş hamda yerlarning şörlaniş darajasini 40 dan ortiq raqamli
xaritalar yordamida nazorat qilib boriş işlari namoyiş qilindi.
кун.уз
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
12 11 2026 / 10:01