Prezident administratsiyasi rahbari Saida
Mirziyoyeva 11-noyabr kuni Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan
uchrashdi.
“Unga
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdim. Mudofaa,
xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellektdan tortib, yirik
iqtisodiy va gumanitar loyihalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarda strategik
sherikligimizni rivojlantirish haqida fikr almashdik”, — deb yozdi Mirziyoyeva.
Avvalroq Saida
Mirziyoyeva Parij tinchlik forumida qurolli mojarolarda maktab, shifoxonalarni
himoyalashga ko‘maklashish hamda ularga qilingan hujumlar jazosiz qolmasligini
ta’minlashga chaqirgani haqida yozgandik. U O‘zbekiston BMT Bosh assambleyasiga
bolalar farovonligiga oid rezolyutsiya loyihasini kiritishni reja qilayotganini
ham aytgan.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
13 11 2026 / 10:35