Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva
Turkiyaning Antaliya şahrida taşkil etilgan «Nol çiqindi» Global alyansini
qöllab-quvvatlab, ekologik taʼlim va yoşlar loyihalarini rivojlantiriş böyiça
yangi taşabbuslarni ilgari surdi. Alyans davlat va hukumat rahbarlari
rafiqalarining atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi saʼy-harakatlarini
birlaştirişga qaratilgan.
Ziroat Mirziyoyeva Antaliyada yangi ekologik
taşabbuslar bilan çiqdi
Ziroat Mirziyoyeva prezident Şavkat Mirziyoyevning
Turkiyaga taşrifi doirasida BMTning Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi
tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida ötkazilgan yuqori
darajadagi uçraşuvda iştirok etdi.
Tadbirda «Nol çiqindi» (Zero Waste) Global alyansi
taşkil etilgani eʼlon qilindi. Yangi tuzilma tabiiy resurslardan oqilona
foydalaniş, çiqindilarni kamaytiriş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş yölida
xalqaro hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan.
Uçraşuvda sözga çiqqan Ziroat Mirziyoyeva Turkiya
birinçi xonimi Amina Erdöğanga taklif va samimiy mehmondöstlik uçun
minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, uning «Nol çiqindi» taşabbusini xalqaro
miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini eʼtirof etdi.
Özbekiston birinçi xonimi Global alyansning taşkil
etilişini qöllab-quvvatlab, uning doirasida bir qator taşabbuslarni amalga
oşirişni taklif qildi.
Xususan, ekologik taʼlimni rivojlantiriş, yoşlar
tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ularni
amaliyotga tatbiq etişga alohida eʼtibor qaratildi.
Qayd etilişiça, «Nol çiqindi» Global alyansi davlat
va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslarni asraş va çiqindilarni
kamaytiriş borasidagi saʼy-harakatlarini muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.
kun.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
13 11 2026 / 14:45