Özbekistonda 2027-yilda taʼlim va tibbiyot sohalariga
qariyb 176 trillion söm yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Davlat byudjetining
maqsadli körsatkiçlari prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yiğilişda
muhokama qilindi.
2027-yilgi Davlat byudjeti ijtimoiy yönaltirilgan
böladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2027-yil uçun Davlat
byudjetining maqsadli körsatkiçlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda
byudjet-soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Qayd etilganidek, joriy yil yakunida iqtisodiyot
kamida 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan, aholi
jon boşiga töğri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oşişi kutilmoqda.
Erişilgan natijalar iqtisodiyotni rivojlantirişning yangi
bosqiçiga ötiş uçun mustahkam zamin yaratmoqda. Xususan, 2030-yilga borib yalpi
içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, kelgusi ön yilda aholi jon boşiga
daromadni 10 ming dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Konstitutsiyamizda Özbekistonning ijtimoiy davlat
ekani mustahkamlab qöyilgan, inson, uning hayoti va qadr-qimmati oliy qadriyat
sifatida eʼtirof etilgan. “Inson qadri uçun” degan ezgu tamoyil Yangi
Özbekistonda amalga oşirilayotgan barça islohotlarning boş mezoniga aylangan.
Zero, iqtisodiy taraqqiyotning asl mazmun-mohiyati, eng avvalo, uning samarasi
har bir inson, har bir oila hayotida sezilişi, xalqimiz farovonligi yuksalişi,
sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengayişi hamda
munosib turmuş şaroitlari yaratilişida namoyon bölişi lozim
Davlat byudjetining ijtimoiy yönaltirilganligi
kelgusi yilda ham saqlab qolinişi aynan şu ustuvor maqsadlarga xizmat qiladi.
Jumladan, taʼlim va soğliqni saqlaş sohalarida amalga
oşirilayotgan islohotlarni moliyalaştiriş uçun jami 176 trillion sömga yaqin
mablağ yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Taʼlimga 114,3 trillion söm (ötgan yildan
14 trillion söm köp), tibbiyotga 61,4 trillion söm (ötgan yildan 12 trillion
söm köp) ajratilişi közda tutilgan.
Şuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini
yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini
rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş uçun 70 trillion söm
ajratilişi belgilanmoqda.
Ijtimoiy majburiyatlarni barqaror moliyalaştiriş uçun
iqtisodiyotning yillik ösiş surʼatlarini kamida 7 foiz darajasida taʼminlaş,
mavjud zaxiralar va yangi texnologik omillarni işga soliş zarurligi
taʼkidlandi.
Şu maqsadda kelgusi yildan iqtisodiy ösişning yangi
modeliga ötiş, har bir tarmoqda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, mehnat
unumdorligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş va yuqori daromadli iş
örinlarini köpaytiriş asosiy vazifalar etib belgilanmoqda.
Yiğilişda uzoq muddatli yuqori iqtisodiy ösişni
taʼminlaşga qaratilgan yangi yondaşuvlar körib çiqildi. Xalqaro tajriba
barqaror taraqqiyotning asosiy omillari eksportga yönaltirilgan raqobatbardoş
işlab çiqariş, texnologiyalar transferi, investitsiyalar samaradorligi,
makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy siyosatning özgaruvçan şaroitlarga
moslaşuvçanligi ekanini körsatmoqda.
Şundan kelib çiqib, iqtisodiy ösişning yangi modeli
asosini zamonaviy sanoat siyosati taşkil etişi belgilanmoqda. Uşbu siyosat
yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaşga ötiş, ilğor texnologiyalarni
jalb qiliş, milliy korxonalarning xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga
integratsiyasini kuçaytiriş va eksport tarkibini diversifikatsiya qilişga
qaratilgan.
Xususan, kimyo va neft-kimyo, maşinasozlik,
elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika va boşqa istiqbolli sanoat
tarmoqlarini jadal rivojlantiriş böyiça yangi strategiya işlab çiqilmoqda.
Yangi sanoat siyosati doirasida har bir ustuvor
tarmoqqa yirik xalqaro kompaniyalar va brend investorlarni jalb qiliş,
zamonaviy sanoat zonalarini şakllantiriş, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş
hamda korxonalarning texnologik salohiyatini oşiriş rejalaştirilmoqda.
2027-yilda har bir istiqbolli tarmoqqa kamida 2–3 tadan yirik investorni jalb
qiliş közda tutilgan.
Şu bilan birga, yarimötkazgiçlar, robototexnika,
biotexnologiyalar, elektromobillar uçun yuqori texnologik butlovçi qismlar va
akkumulyatorlar işlab çiqariş kabi yangi yönalişlarni özlaştirişga alohida
eʼtibor qaratilmoqda.
Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun xalqaro brendlarni
jalb qiliş, ilmiy-tadqiqot va işlanmalarni qöllab-quvvatlaş hamda raqobatbardoş
milliy işlab çiqaruvçilarni rivojlantirişning yangi rağbatlantiriş mexanizmlari
közda tutilmoqda.
Iqtisodiy ösişning davomiyligini taʼminlaş uçun
tarkibiy islohotlarni izçil davom ettiriş ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada
davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qiliş, xususiylaştiriş
jarayonlarini jadallaştiriş, energetika va transport infratuzilmasini
takomillaştiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda Jahon savdo taşkilotiga
aʼzo böliş jarayonini yakunlaş ustuvor vazifalar sifatida körsatildi.
Bunda davlat investitsiyalarini xususiy kapital uçun
qulay şaroit yaratişga yönaltiriş, iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning
zamonaviy mexanizmlarini şakllantiriş va investitsiyalarning iqtisodiy
samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yiğilişda 2027-yilga möljallangan asosiy
makroiqtisodiy prognozlar körib çiqildi.
Hisob-kitoblarga köra, yalpi içki mahsulot hajmi
2027-yilda 232 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda.
Şu bilan birga, inflyatsiya darajasini 2027-yilda 6
foizga, 2028–2029-yillarda esa 5 foizgaça pasaytiriş, oltinsiz eksport hajmini
2027-yilda qariyb 40 milliard dollarga yetkaziş nazarda tutilmoqda.
Taqdimotda 2027-yil uçun Davlat byudjeti
daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini esa 464 trillion söm miqdorida
belgilaş nazarda tutilayotgani maʼlum qilindi. Byudjet loyihasi iqtisodiy
ösişning 7 foizlik prognozi asosida şakllantirilmoqda.
Jahondagi geosiyosiy va iqtisodiy noaniqliklar
şaroitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oşirmaslik, umumiy fiskal
taqçillikni yalpi içki mahsulotga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş muhim vazifa
etib belgilandi.
2027-yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz
saqlaş közda tutilmoqda. Bunday şaroitda byudjet daromadlarini köpaytirişning
asosiy manbai iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş, soliq bazasini kengaytiriş,
yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda soliq va bojxona maʼmurçiligini
takomillaştiriş bölişi taʼkidlandi.
Şu munosabat bilan raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt
texnologiyalarini keng joriy etiş orqali soliq va bojxona tuşumlarini qöşimça
oşiriş, tadbirkorlar uçun qulay va şaffof muhit yaratiş yuzasidan aniq
vazifalar belgilandi.
Prezidentimiz byudjet xarajatlarining har bir sömi
aniq natija berişi lozimligini taʼkidladi. Şu bois, mablağlarni maqsadli
yönaltiriş, samarasiz xarajatlarni qisqartiriş, davlat investitsiyalari va
subsidiyalarining natijadorligini oşiriş, byudjet intizomini kuçaytiriş
masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, investitsiya dasturi doirasidagi quriliş
loyihalarida byudjet mablağlarining sarflanişini töliq kuzatib boriş imkonini
beradigan raqamli nazorat tizimini sinov tariqasida joriy etiş vazifasi qöyildi.
Yiğiliş iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning yangi
mexanizmlari ham muhokama qilindi. Bank tizimida xususiy kapital iştirokini
kengaytiriş, kredit resurslarini köpaytiriş, investitsiya loyihalarini
moliyalaştirişda davlat-xususiy şeriklik imkoniyatlaridan foydalaniş va xalqaro
moliya institutlari bilan hamkorlikni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilarga 2027-yilda 65 milliard dollar xorijiy
investitsiya jalb qiliş böyiça tarmoqlar hamda hududlar kesimida aniq rejalar
işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda bildirilgan fikr va takliflar asosida
2027-yil uçun Davlat byudjeti loyihasining asosiy yönalişlari belgilab olindi.
Qonunçilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini
taʼminlaş çora-tadbirlari mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinadi hamda yakunda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
16 11 2026 / 9:52