Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Özbekiston iqtisodiyotining real manzarasi qanday? – biznesni röyxatga oliş haqida nimalarni biliş kerak?



Ulashing :


Özbekistonda 15-oktabrdan 30-noyabrgaça iqtisodiy birliklarni keng qamrovda örganişga qaratilgan yirik statistik tadbir - biznesni röyxatga oliş ötkazilmoqda. U nima uçun zarur, unda kimlar iştirok etadi va tadbirkorlar taqdim etadigan maʼlumotlarning maxfiyligi qanday kafolatlanadi?

Özbekiston iqtisodiyotining real manzarasi qanday? – biznesni röyxatga oliş haqida nimalarni biliş kerak?

Sönggi yillarda mamlakat iqtisodiyoti va tadbirkorlik muhitida sezilarli özgarişlar kuzatilmoqda. Anʼanaviy korxonalar bilan bir qatorda elektron tijorat, internet orqali savdo, masofaviy xizmatlar va özini özi band qiliş kabi yönalişlar iqtisodiy faoliyatning muhim böğiniga aylandi.

Bunday şaroitda iqtisodiyotni faqat davlat röyxatidan ötkaziş jarayonida şakllangan maʼmuriy maʼlumotlar asosida baholaş yetarli bölmay qoladi. Zero, korxona yuridik jihatdan bir manzilda röyxatdan ötgan bölsa-da, amalda boşqa hududda faoliyat yuritişi, asosiy faoliyat yönalişini özgartirişi yoki yangi savdo kanallariga çiqişi mumkin. Hududiy rivojlaniş dasturlari va bandlik siyosati samaradorligini oşiriş uçun esa qoğozdagi manzil emas, balki amalda qayerda va qança iş örni yaratilayotgani haqidagi aniq maʼlumotlar zarur.

Tadbirning huquqiy asosi va strategik maqsadlari

Biznesni röyxatga oliş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 557-son qarori asosida ötkazilmoqda.

Jarayon «Statistikani rivojlantiriş – 2030» milliy strategiyasi bilan uzviy boğliq bölib, bir qator uzoq muddatli maqsadlarni közlaydi:

● Hisobot yukini kamaytiriş: 2030-yilga qadar tadbirkorlarning statistik hisobot yukini 20 foizga qisqartiriş rejalaştirilgan;

● Muqobil manbalarni kengaytiriş: rasmiy statistikani şakllantirişda foydalaniladigan maʼmuriy va muqobil maʼlumot manbalari sonini 1,7 baravarga oşiriş nazarda tutilgan;

● Tanlanma kuzatuvlarni tartibga soliş: Prezident farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boşlab statistika organlari tomonidan har çorakda ötkaziladigan tanlanma kuzatuvlarda mikrofirma va kiçik korxonalarni yiliga faqat bir marta tanlab oliş tartibi joriy etiladi.

Kimlar qamrab olinadi va maʼlumotlar qanday yiğiladi?

Röyxatga oliş faqat yirik korxona va zavodlar bilan çeklanmaydi. Unda iqtisodiy birliklarning barça toifalari öz xususiyatiga mos şaklda iştirok etadi:

● Yuridik şaxslar (yirik, örta, kiçik korxonalar, mikrofirmalar, NNTlar va xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari): röyxatga oluvçilar korxonaning amaldagi faoliyat manziliga borib, umumiy körsatkiçlarni planşetga kiritadi, batafsil iqtisodiy va buxgalteriya maʼlumotlari esa korxona tomonidan hisobot.stat.uz (eStat 4.0) tizimi orqali mustaqil ravişda onlayn taqdim etiladi;

● Yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar hamda yuridik şaxs taşkil etmagan birliklar: maʼlumotlar yuzma-yuz suhbat davomida röyxatga oluvçilar tomonidan planşet orqali elektron savolnomaga kiritiladi;

● Özini özi band qilgan şaxslar: census.stat.uz axborot tizimi orqali savolnomani mustaqil ravişda onlayn töldiriş imkoniyatiga ega;

● Fermer va dehqon xöjaliklari: tegişli körsatkiçlar iqtisodiy kuzatuv savolnomasi asosida qamrab olinadi;

● Davlat röyxatidan ötmagan, biroq amalda faoliyat yuritayotgan şaxslar: uy şaroitida tikuvçilik, qandolatçilik, buyurtma asosida ustaçilik, maişiy texnika taʼmirlaş yoki internet orqali xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçilar ham hududdagi haqiqiy bandlik va xizmatlar kölamini aniqlaş uçun statistik hisobga olinadi.

Savolnomada subyektning huquqiy maqomi, amaldagi manzili, asosiy va qöşimça faoliyat turlari, mijozlar toifasi, bandlik (doimiy ştat, işlovçi mulkdorlar, oila aʼzolari, mavsumiy işçilar), xarajatlar va aylanma hajmi, investitsiyalar, asosiy vositalar, ombor va transport infratuzilmasi hamda elektron tijorat uluşi örganiladi.

Muhim kafolat: bu soliq tekşiruvi yoki nazorat tadbiri emas

Tadbirkorlar va özini özi band qilgan fuqarolarni eng köp öylantiradigan masala - taqdim etilgan maʼlumotlarning keyingi taqdiridir.

«Rasmiy statistika töğrisida»gi qonunga muvofiq, röyxatga oliş davomida yiğilgan individual maʼlumotlar qatʼiy maxfiy hisoblanadi va ulardan faqat umumlaştirilgan statistik körsatkiçlarni şakllantiriş maqsadida foydalaniladi. Bu maʼlumotlardan tergov, soliq va boşqa nazorat tadbirlarida, sud muhokamasida hamda maʼmuriy javobgarlikka tortişda foydalaniş qonun bilan taqiqlangan.

Mahallalarda röyxatga oliş işlariga asosan hokim yordamçilari, bozorlar va savdo majmualarida esa statistika organlari xodimlari jalb etilgan. Röyxatga oluvçilar maxsus kiyim va beyjik bilan taʼminlangan bölib, ular tasdiqlangan savolnomadan taşqari savollar beriş yoki javoblarni özgartiriş huquqiga ega emas. Röyxatga oluvçining vakolatini tekşiriş yoki qöşimça savollar böyiça 1851 qisqa raqamli aloqa markaziga murojaat qiliş mumkin.

Natijalar qaçon eʼlon qilinadi?

30-noyabrda maʼlumotlar yiğiş bosqiçi yakunlangaç, javoblarni tekşiriş, maʼmuriy maʼlumotlar bazalari bilan soliştiriş va tasniflaş işlari boşlanadi. Dastlabki natijalar 2027-yil 1-iyungaça hududlar kesimida şakllantiriladi, yakuniy natijalar esa 2027-yil 1-sentabrgaça eʼlon qilinadi.

kun.uz


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

17 11 2026 / 11:12