Yangi taraqqiyot
banki (YATB) va O‘zbekiston hukumati past uglerodli energetikani rivojlantirish
loyihasining birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun 300 mln dollar
miqdorida kredit ajratish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda bank
saytida xabar berildi.
Kredit O‘zbekistonda quyosh, shamol, gidro
va atom energetikasi sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishga
yo‘naltiriladi.
“Past uglerodli energetika sektorini rivojlantirish
loyihasi O‘zbekistonning tez sur’atlarda o‘sib borayotgan talabni qondirish
uchun past uglerodli energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish
borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.
Loyihani amalga oshirish mamlakatning tabiiy gazga
yuqori darajadagi qaramligini kamaytirish, energetik xavfsizlikni mustahkamlash,
shuningdek, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy iqlim
majburiyatlarini bajarish imkonini beradi, deya qayd etdi YATB. Loyihani
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi muvofiqlashtiradi.
Yangi
taraqqiyot banki 2015-yilda BRIKS mamlakatlari — Braziliya, Rossiya,
Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika tomonidan tashkil etilgan. Bankning
asosiy maqsadi rivojlanayotgan va shakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda infratuzilma hamda barqaror rivojlanish loyihalarini
qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Hozirda bank tarkibiga 10 ta davlat kiradi.
O‘zbekiston YATBga 2026-yil iyun oyida qo‘shilib, Markaziy Osiyodan bankka a’zo
bo‘lgan birinchi davlatga aylangan.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
19 11 2026 / 9:50