Özbekiston va Turkiya
toğ-kon sanoati, energetika, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va boşqa sohalarda
qöşma loyihalarni kengaytirişni rejalaştirmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev
ikki mamlakat biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşining
birinçi yiğilişida turk sarmoyadorlarini yangi loyihalarda faol iştirok etişga
çaqirdi.
Şavkat Mirziyoyev
Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi
Prezident Şavkat
Mirziyoyev 19-noyabr kuni Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça
yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida iştirok etdi.
Tadbirda Turkiya
vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, şuningdek, ikki mamlakatning yetakçi
kompaniyalari va banklari rahbarlari qatnaşdi.
Davlat rahbari öz
nutqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan erişilgan kelişuv asosida
taşkil etilgan uşbu yangi mexanizm ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy
hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişini taʼkidladi.
Kengaşning birinçi
yiğilişi doirasida ötkazilgan biznes forumida 200 dan ziyod tadbirkorning faol
iştirok etgani özaro şeriklikni kengaytirişga bölgan yuksak qiziqişdan dalolat
berişi qayd etildi.
– Yangi Özbekistonda
amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida 2017-yildan buyon
iqtisodiyotimiz uç barobarga ösdi, 150 milliard dollardan ortiq xorijiy
investitsiyalar jalb etildi. Uşbu jarayonda bizga doim yelkadoş bölib
kelayotgan strategik şerigimiz – Turkiya bilan hamkorlik muhim örin tutadi, –
dedi Mirziyoyev.
Davlatlar örtasidagi
iqtisodiy aloqalarni yanada jadallaştiriş maqsadida qator ustuvor yönalişlar
belgilab berildi.
Xususan, toğ-kon
sanoati va «yaşil» energetikani rivojlantiriş, qişloq xöjaligini modernizatsiya
qiliş, organik öğitlar işlab çiqariş, zamonaviy issiqxonalar quriş va suv
tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş, şuningdek, mahsulot yetiştirişdan uni
isteʼmolçiga yetkazib berişgaça bölgan yaxlit qiymat zanjirini şakllantirişda
hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Elektrotexnika sanoati
mamlakatimizda eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ekani taʼkidlandi.
Turkiya kompaniyalari misni çuqur qayta işlaş, elektronika mahsulotlari,
transformatorlar, maişiy texnika va elektr uskunalari işlab çiqarişda mahalliy
korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirişga taklif etildi.
«Yangi Toşkent»
megaloyihasi doirasida zamonaviy tijorat va turar joy majmualari, mehmonxonalar
barpo etiş, şuningdek, pulli avtomobil yöllari va logistika markazlarini
rivojlantirişda turk sarmoyadorlarining iştiroki olqişlandi.
Mamlakatimizda tibbiy
mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani,
farmatsevtika sohasida keng imtiyozlar taqdim etilayotgani bildirildi.
Turkiyalik investorlar mazkur yönalişda ham yaqin hamkorlikka taklif qilindi.
Turkiya kompaniyalari
bilan davlat-xususiy şeriklik asosida qator loyihalar amalga oşirilayotgani
taʼkidlandi. Uşbu mamlakat banklari, investitsiya fondlari va yirik sanoat
korxonalari xususiylaştiriş jarayonlari hamda davlat-xususiy şeriklik
dasturlarida faol iştirok etişga çaqirildi.
Şuningdek,
avtomobilsozlik, energetika, sunʼiy intellekt va dasturiy taʼminot sohalarida
qöşma loyihalarni ilgari suriş, bank sektoridagi islohotlarda iştirok etiş
taklif qilindi.
Özbekistonda
sarmoyadorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, jumladan, maxsus iqtisodiy
zonalarda keng imtiyozlar beriş siyosati izçil davom ettirilişi bildirildi.
– Biz bundan buyon ham
mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxşilaş, tadbirkorlar uçun ortiqça
byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan islohotlarni izçil davom
ettiramiz, – dedi davlat rahbari sözining yakunida.
Yiğilişda kengaş
hamraislari – Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Turkiya
vitse-prezidenti Javdat Yilmaz ham sözga çiqdi.
Turkiya kompaniyalari
rahbarlari prezident bilan muloqot çoğida ularning faoliyatiga yaratilayotgan
keng imkoniyatlar uçun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oşirayotgan
loyihalari va kelgusidagi rejalari haqida sözlab berdilar, öz fikr-mulohazalari
hamda takliflarini bayon qildilar.
kun.uz