Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Import o‘sishi, eksport qisqarishi va imtiyozlarning bekor qilinishi. O‘zbekiston gulchilari qanday muammolarga duch kelmoqda?

Ulashing :

O‘zbekistonga gul importi 39 foizga oshdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa eksport qisqargani, tannarx oshgani, xorij gullari bilan raqobat, imtiyozlar bekor qilingani va energiya resurslari qimmatligidan shikoyat qildi. Ular bojlarni qayta ko‘rib chiqib, sohani qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishni taklif qildi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga gul va o‘simlik mahsulotlari importi 39 foizga oshdi. Tadbirkorlar xomashyo importi uchun imtiyozlarni tiklash, tayyor import gullariga bojlarni oshirish masalasini ko‘rib chiqish hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirishni taklif qildi. Bu masalalar 16-noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan Prezident administratsiyasi, Bojxona qo‘mitasi va boshqa idoralar vakillari ishtirokida gul yetishtiruvchilar va issiqxona xo‘jaliklari vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda muhokama qilindi.

O‘zbekistonga gullarni kimlar yetkazib bermoqda?

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonovning ma’lum qilishicha, yil boshidan 15-noyabrgacha O‘zbekiston 10,7 mln dollarlik gullar, ko‘chat materiallari va boshqa o‘simlik mahsulotlarini import qilgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 39 foizga yoki qariyb 3 mln dollarga ko‘p. Ushbu hajmdan budjetga 42,8 mlrd so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan.

“To‘g‘ri, sizlar buni sezganliklaringiz, ya’ni import oshganligi mana shu raqamlarda ham ko‘rinib turibdi”, — dedi u gulchilik sohasi vakillariga murojaat qilib.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, import tarkibi quyidagicha:

· 6,1 mln dollar — tirik o‘simliklar va ko‘chat materiallari, jumladan gul piyozlari, ildizlar va ko‘chatlar;

· 1,4 mln dollar — kesilgan gullar, jumladan guldastalar tayyorlashda foydalaniladigan mahsulotlar;

· 3,3 mln dollar — dekorativ bezaklarda ishlatiladigan barglar va boshqa o‘simlik ko‘katlari.

Mavlonov import qiymatining yarmidan ko‘pi tayyor gullarga emas, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilar bevosita foydalanishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar va ko‘chat materiallariga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

Eng yirik yetkazib beruvchi Xitoy bo‘lib, u yerdan 4,1 mln dollarlik mahsulot keltirilgan. Bu umumiy importning qariyb 38 foizini tashkil etadi. Niderlandiyadan ham qariyb 3,5 mln dollarlik mahsulot import qilingan. Boshqa yetkazib beruvchilar orasida Kolumbiya (1,4 mln dollar), Bolgariya (408 ming dollar) va Turkiya (353 ming dollar) bor.

Shu bilan birga, gul importi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar soni ham oshgan.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda 126 ta tadbirkorlik subyekti gul mahsulotlarini import qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 taga ko‘p.

Mavlonov gul mahsulotlarini yetkazib beruvchi bir qator kompaniyalarni ham sanab o‘tdi. Importchilar ichida, jumladan, quyidagilar bor:

· Flowers and Sweets — 1,1 mln dollar;

· Tasflora — 842 ming dollar;

· Freedom 2020 — 706 ming dollar;

· News Fruits — 626 ming dollar;

· Toshkent Gullari Group — 626 ming dollar;

· Flora Land — 598 ming dollar;

· Hasan Flower — 498 ming dollar.

Bojxona qo‘mitasi raisi hozirda umumiy og‘irligi qariyb 4400 tonna va qiymati taxminan 7,5 mln dollar bo‘lgan 268 ta gul va o‘simlik mahsulotlari partiyasi bojxona nazoratida turganini ham ma’lum qildi.

Uning tushuntirishicha, bu mahsulotlar bevosita chegarada ushlab turilgan degani emas. Gullar tez buziladigan mahsulot bo‘lgani uchun bojxona organlari tadbirkorlarga zarur tartib-taomillar yakunlanguniga qadar ularni o‘z omborlarida bojxona nazorati ostida saqlashga ruxsat beradi.

“Gul tez qurib qoluvchi, so‘lib qoluvchi, tez buziluvchi tovar hisoblanganligi sababli tadbirkorlarni moliyaviy tomondan sindirib qo‘ymaslik uchun…biz tadbirkorning o‘z omboriga ushbu tovarni berib yuborish amaliyotini yo‘lga qo‘yganmiz. Agar biz buni ushlab qolsak, ertaga u gul qurib qolsa, to‘kilib qolsa, ya’ni tovar sifatini yo‘qotadigan bo‘lsa, biz tadbirkorning qaysidir ma’noda moliyaviy yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qolamiz”, — dedi Mavlonov.

Bojxona rasmiylashtiruvini yakunlash uchun qonunchilikda belgilangan hujjatlar, jumladan, tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi hujjatlar va fitosanitar nazorat natijalarini taqdim etish talab etiladi.

Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, belgilangan talablar bajarilmasdan bunday mahsulotni mamlakatga olib kirib, darhol sotuvga chiqarib bo‘lmaydi.

Bojxona qo‘mitasi raisi gullar va ko‘chat materiallari importida amalda bo‘lgan notarif choralarni ham eslatdi.

“Notarif chora deganda, albatta, har bitta gul yoki shunga o‘xshagan nihol olib kelinayotganda ushbu davlatning kelib chiqish sertifikati bilan birga kelishi kerak. Bu sertifikat bilan kirib kelgandan keyin bizda tegishli idora bor, undan fitosanitariya ruxsatnomasini olish kerak”, — dedi u.

Shundan so‘ng mahsulot fitosanitar ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ko‘rik natijalari bo‘yicha dalolatnoma va tekshiruvdan o‘tkazilgani hamda kasalliklar aniqlanmaganini tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtiriladi.

“Biz eksport qiluvchiga aylandik, ammo hozir eksport qisqarmoqda”

Gulchilik assotsiatsiyasi raisi Shamsiddin Nuriddinovning aytishicha, so‘nggi olti-yetti yilda soha sezilarli darajada rivojlandi va O‘zbekiston import gullariga qaram mamlakatdan o‘z mahsulotini xorij bozorlariga yetkazib beruvchi davlatga aylandi.

“Bundan oldin O‘zbekistonda gulchilik asosan importga qaram bo‘lgan. Importni qisqartirib, hozirgi kunda O‘zbekiston ham Qozog‘iston, Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilishni boshladi. Mana shu bir yil ichida eksportimiz kamayib ketishining sabablari bor”, — dedi u.

Nuriddinov asosiy sabablardan biri sifatida ko‘chat materiallarini import qilishdagi bojxona imtiyozlari amal qilishining to‘xtatilganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari gul piyozlarining barcha turlarini va ko‘chatlarni mustaqil yetishtirolmaydi. Shuning uchun xomashyoning katta qismini Niderlandiya, Fransiya va boshqa davlatlardan sotib olishga to‘g‘ri keladi.

Shundan so‘ng ko‘chat materiallari mahalliy xo‘jaliklarda yetishtirilib, tayyor gullar asosan Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinadi.

“Hamma mahsulotni o‘zimiz ishlab chiqara olmaymiz. Qaysidir miqdordagi gullar, piyozlilar Gollandiya yoki Fransiya, boshqa davlatlardan kirib keladi. Biz uni qayta ishlab, Rossiya yoki Qozog‘istonga eksport qilardik. Hozir bojlarning hisobiga, imtiyozlarimiz tugatilgani hisobiga eksportimiz juda ham tushib ketdi”, — dedi assotsiatsiya raisi.

Nuriddinovning ta’kidlashicha, imtiyozlarning bekor qilinishi qo‘shimcha xarajatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan va ishlab chiqaruvchilar bu xarajatlarni har doim ham xaridor zimmasiga yuklay olmaydi.

U Niderlandiyadan lola piyozlarini import qilish misolida buni tushuntirdi.

“300 ming dollarlik lola piyozini olib kiradigan bo‘lsak, shuning o‘ziga 53 ming dollar bojxona to‘lovi to‘lashimiz kerak. Biz o‘zi, masalan, 300 minglik mahsulotdan 50−60 ming dollar foyda qilamiz. Buni ham to‘laydigan bo‘lsak, bizga endi qizig‘i qolmayapti”, — dedi tadbirkor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilda uning Rossiyaga mahsulot eksporti hajmi rejalashtirilganidan ancha kam bo‘lib, qariyb 700 ming dollarni tashkil etgan.

Assotsiatsiya rahbarining ta’kidlashicha, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham shunday muammolarga duch kelmoqda.

Shu bilan birga, Nuriddinov soha muammolari faqat bojxona to‘lovlari bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi. Tabiiy gaz narxining yuqoriligi, issiqxonalarni isitish zarurati va tayyor mahsulot importining ortishi ham xarajatlarni oshirmoqda.

Ilgari qanday imtiyozlar amal qilgan?

Gul ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar 2021-yil 4-avgustdagi prezident qarori bilan joriy etilgan edi. Hujjatda tuganaklar, piyozboshlar, tuganak piyozlar, ildizpoyalar, qalamchalar va boshqa tirik o‘simliklar (TIF TN kodi 0601 va 0602) importi uchun bojxona bojining nol stavkasi belgilangan. Dastlab imtiyoz 2023-yil 1-yanvargacha amal qilgan, keyin 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan. Shundan so‘ng uning amal qilishi to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, 2021−2024-yillarda gul eksportchilariga xomashyo — ko‘chatlar, urug‘lar, piyozlar va payvandtaglarni import qilish uchun transport xarajatlarining 50 foizi qoplab berilgan. Bu yordam daromadida gul eksporti ulushi kamida 30 foiz bo‘lgan va yillik eksport tushumi 100 ming dollardan oshgan korxonalarga berilgan.

Uchrashuvda tadbirkorlar bu choralarni qayta tiklashni so‘rab, ko‘chat materiallarining katta qismi hanuz O‘zbekistonda ishlab chiqarilmasligini ta’kidladi.

“Piyozlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kamida to‘rt yil kerak”

Muhokama davomida tadbirkorlar imtiyozlar, avvalo, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoni bo‘lmagan mahsulotlarga berilishini so‘radi.

Bunga lola, liliya va boshqa gullarning piyozlari ham kiradi.

Hukumat vakili imtiyozlarni tiklash mahalliy ko‘chat materiallari ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatni yuzaga keltirish-keltirmasligini so‘radi.

“Bu narsalar biz o‘zimiz o‘zimiz bilan konkurensiya qiladigan narsalar emasmi?” — deb so‘radi u.

“Yo‘q, O‘zbekistonda mutlaqo yo‘q. Bular ishlab chiqarilmaydi”, — deb javob berdi tadbirkor.

Gulchilik assotsiatsiyasi raisi Shamsiddin Nuriddinov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida gul piyozlarini ko‘paytirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari boshlangan, ammo yetarli miqdorda ko‘chat materiali olish uchun kamida to‘rt yil kerak bo‘ladi.

Davlat organlari vakillari imtiyozlarni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun zarur ko‘chat materiallari turlari va ularning TIF TN kodlari ro‘yxatini tayyorlashni taklif qildi.

“Import gullari 6000−8000 so‘mdan sotilmoqda, bizda esa tannarxning o‘zi 8−10 ming so‘m”

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yana bir muammo sifatida import qilinayotgan gullar bilan raqobatni qayd etdi. Ayrim hollarda bunday gullar O‘zbekistonda shu kabi mahsulotni yetishtirish tannarxidan ham past narxlarda bozorga kirib kelmoqda.

Shamsiddin Nuriddinov misol sifatida atirgul va xrizantemalarni keltirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, import gullari bir donasi taxminan 6000−8000 so‘mdan sotiladi, mahalliy korxonalarda esa bitta gulni yetishtirish 8−10 ming so‘mga tushadi.

“Savol shundan iboratki, bular qanday qilib bojxonadan o‘tkazilyaptiki, 8000−10000 so‘mdan sotishi mumkin?” — deb so‘radi tadbirkor.

U import mahsuloti narxiga transport xarajatlari, bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlar ham kiritilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Biz bojxonani ko‘taradigan bo‘lsak, siz aytgan raqam bilan bir xil chiqyapti. Masalan, bitta dona gulimizga 6000 so‘mdan bojxona to‘lanishi kerak bo‘lyapti. Lekin bu 6000 so‘mning ichida yo‘lkira o‘tiribdi. Buning ichida bojxona o‘tiribdi. Qanday qilib 6000 so‘mdan sotilyapti, degan savol tug‘ildi. Ko‘p tadbirkorlardan shu savol bo‘lgani uchun biz bu masalani ko‘tardik”, — dedi u.

Gulchilik sohasi vakillari past narxlar demping bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini, ya’ni xorijiy yetkazib beruvchilar bozordagi ulushini oshirish uchun mahsulotni ataylab arzon sotayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Biroq Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov demping mavjudligini tasdiqlamadi.

U tovarlarning bojxona qiymati belgilangan tartib-taomillar asosida aniqlanishini, chakana narxlarning past bo‘lish sabablari esa alohida o‘rganilishi kerakligini aytdi.

“Endi buning qanday holatda u yerda sotilayotganligini, to‘g‘risi, buni yana ham chuqurroq o‘rganish kerak bo‘lsa, biz o‘rganamiz. Agar sizlar bizga aytib bersalaringiz, bu narsani qayerdan, qanday qilib aniqlashimiz kerakligini bilsalaringiz, ma’lumotni bersangiz, unga ham javob beramiz”, — dedi qo‘mita rahbari.

Muhokama davomida importchilardan biri Xitoyda gullarning narxi mahsulot turi, xarid hajmi va yetishtirish sharoitlariga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkinligini tushuntirdi.

“Turiga qarab, har xil narxi. U yerda, Xitoyda narxi o‘ynayveradi, masalan, 10 sentga ham oladigan joyimiz bor, 5 sentga ham sotib oladigan joyimiz bor. Juda arzon u yoqda”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ishlab chiqaruvchilari ayrim xo‘jaliklarda isitish uchun gazdan foydalanishga hojat yo‘qligi kabi ob-havo sharoitlari tufayli mahsulot tannarxini past ushlay oladi.

O‘zbekistonlik gul yetishtiruvchilar esa energiya resurslari va import xomashyosi xarajatlari oshganini ta’kidladi.

Import gullariga qanday bojlar qo‘llanadi?

Mavlonovning ma’lum qilishicha, import bojlari quyidagicha:

· tirik o‘simliklar — 10%;

· kesilgan gullar — 20%;

· o‘simlik barglari va boshqa dekorativ ko‘katlar — 10%.

Biroq Bojxona qo‘mitasi rahbari bu stavkalar barcha yetkazib berishlarga nisbatan qo‘llanmasligiga e’tibor qaratdi.

Jumladan, amaldagi erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvlar doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va tegishli kelishuvlar ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatlardan mahsulot belgilangan shartlarga rioya qilingan taqdirda import bojlarisiz olib kirilishi mumkin.

Bunday holatlarda QQS to‘lash majburiyati saqlanib qoladi. Mavlonovning so‘zlariga ko‘ra, import va mahalliy gullar narxini taqqoslashda buni ham hisobga olish zarur.

Tadbirkorlar esa tayyor mahsulot va ko‘chat materiallari importi uchun shartlarni ajratishni taklif qildi.

Ularning fikricha, O‘zbekistonda gul yetishtirish uchun foydalaniladigan piyoz va ko‘chatlarga bojlarni bekor qilish, mahalliy mahsulot bilan raqobatlashadigan tayyor import gullari uchun esa stavkalarni oshirish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Muhokama davomida ayrim tayyor gul mahsulotlari uchun boj stavkasini 10 foizdan 20 foizgacha oshirish taklifi ham bildirildi.

Hukumat vakillari O‘zbekistonda allaqachon ishlab chiqarilayotgan va import bilan eng kuchli raqobatga duch kelayotgan gullarning aniq ro‘yxatini tayyorlashni so‘radi.

Eksport qilinayotgan gullarning kelib chiqishini tekshirish taklif qilindi

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistondan xorij bozorlariga chiqarilayotgan mahsulotlarning kelib chiqishi masalasini ham ko‘tardi.

Tadbirkorlar import qilingan gullar O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulot sifatida eksportga qayta sotilayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar bildirdi.

Muhokama davomida eksport qilinayotgan gullarga kelib chiqish sertifikatlarini qaysi kompaniyalar olgani va ular haqiqatdan ham tegishli mahsulotni O‘zbekistonda yetishtirish-yetishtirmasligini tekshirish taklif qilindi.

“O‘zbekekspertiza” vakillaridan so‘nggi uch oyda berilgan sertifikatlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Uchrashuv ishtirokchilaridan biri eksportchilarning ishlab chiqarish maydonlarida tekshiruvlar o‘tkazib, gullar mamlakatda yetishtirilgan-yetishtirilmaganini aniqlashni taklif qildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda sertifikatlarning qonunga xilof tarzda berilgani bo‘yicha aniq tasdiqlangan holatlar keltirilmadi.

Idoralar vakillari bu masalani qo‘shimcha o‘rganishga kelishib oldi.

Ishlab chiqaruvchilar o‘g‘it, plyonka uchun imtiyozlar va QQSni kechiktirishni so‘ramoqda

Gul yetishtiruvchilar gullarni yetishtirish uchun zarur import materiallari narxini pasaytirishni ham taklif qildi.

Gulchilik assotsiatsiyasi raisi Shamsiddin Nuriddinov mahalliy mahsulot tannarxi ko‘p jihatdan xorijdan yetkazib beriladigan mahsulotlarga bog‘liqligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga nafaqat gul piyozlari va ko‘chatlar, balki maxsus o‘g‘itlar, issiqxona plyonkasi, iplar va boshqa materiallar ham import qilinadi.

“Hozir bizda, O‘zbekistonda, masalan, 100 foiz faqat mehnatini qilayapmiz. O‘zbekistonda qolgan hamma narsasi chet davlatdan — o‘g‘iti bo‘lsin, plyonkasi bo‘lsin, ipi bo‘lsin, ko‘chati bo‘lsin… Xitoyda hamma narsasi o‘ziniki: o‘g‘iti o‘ziniki, plyonkasi o‘ziniki, boshqa narsalar ham. Bizniki esa hammasi chetdan kirib kelgani hisobiga aylanib ketyapti”, — dedi Nuriddinov.

U so‘nggi yillarda issiqxona xo‘jaliklari uchun tabiiy gaz narxi oshganini ham ta’kidladi. Bu gul yetishtirish xarajatlarini yanada ko‘paytirgan.

Tadbirkorlar gidroponika uchun maxsus o‘g‘itlarga qo‘shimcha bojlarni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radi. Ularning aytishicha, bunday sifatdagi mahsulot mamlakatda deyarli ishlab chiqarilmaydi.

Uchrashuv ishtirokchilaridan biri gidroponika xo‘jaliklarida foydalaniladigan maxsus o‘g‘itlarning qariyb 99 foizi xorijdan keltirilishini aytdi. “Bizda aynan shu texnologiya uchun zarur bo‘lgan bunday sifatdagi o‘g‘itlar deyarli yo‘q”, — dedi tadbirkor.

Shunga o‘xshash masala maxsus issiqxona plyonkasi bo‘yicha ham ko‘tarildi.

Tadbirkorlar O‘zbekistonda oddiy polietilen plyonka ishlab chiqarilishini, ammo zamonaviy issiqxonalar uchun zarur bo‘lgan maxsus materiallarni xorijdan sotib olishga to‘g‘ri kelishini bildirdi.

Shu bilan birga, ularga mamlakatda mahalliy muqobili mavjud bo‘lgan tovarlar kabi import bojlari qo‘llanadi.

Uchrashuv ishtirokchilari bu tovarlarni alohida o‘rganish va mamlakatda o‘xshash xususiyatlarga ega mahsulot ishlab chiqarilmasa, bojxona imtiyozlarini berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Bundan tashqari, gul yetishtiruvchilar xomashyo importi uchun transport xarajatlarining bir qismini qoplash amaliyotini tiklashni so‘radi.

Yana bir taklif gullarni yetishtirish va keyin eksport qilish uchun mo‘ljallangan materiallar importida QQS to‘lovini uch-to‘rt oyga kechiktirish bo‘ldi.

Tadbirkorlarning fikricha, bu eksport tushumi olingunga qadar soliq to‘lash uchun aylanma mablag‘larning katta qismini yo‘naltirib qo‘ymaslik imkonini beradi.

Ular qo‘shni davlatlar tajribasi va u yerda qo‘llanilayotgan bojxonada qayta ishlash mexanizmlarini o‘rganishni taklif qildi.

Bojxona qo‘mitasi nima dedi?

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov gul yetishtiruvchilarning import bojlarini qayta ko‘rib chiqish va mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha takliflarini o‘rganishga tayyorligini bildirdi.

Tadbirkorlarga bojlarni bekor qilish yoki kamaytirish zarur deb hisoblayotgan tovarlarning TIF TN kodlari ko‘rsatilgan yagona ro‘yxatini tayyorlash taklif qilindi.

Alohida ravishda mahalliy xo‘jaliklar mahsulotlari bilan raqobatlashadigan tayyor import gullari bo‘yicha takliflar ham taqdim etilishi kerak.

Bojxona qo‘mitasi vakili o‘zgartirishlarni O‘zbekistondagi mavjud ishlab chiqarishni hisobga olgan holda ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. Bu berilgan imtiyozlar boshqa mahalliy korxonalar uchun teng bo‘lmagan sharoitlarni yuzaga keltirmasligi uchun kerak.

“Menga o‘zingizning bojxonaga oid takliflaringizni to‘liq bering. Agar xohlasangiz, hozir birma-bir ayting. Men hozir umumiy ma’noda, avvalgi suhbatimizdan kelib chiqib, tushunganim bo‘yicha, piyozga bojni bekor qilish va tayyor gulning bojini oshirish — takliflaringiz shundan iboratligini tushundim”, — dedi idora vakili.

Muhokama yakunida ishtirokchilarga Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda muammoli tovar pozitsiyalari ro‘yxatini shakllantirib, takliflarni Prezident administratsiyasiga yuborish taklif qilindi.

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, transport xarajatlari, import materiallari va xorij bozorlari uchun yetishtiriladigan mahsulotlarni soliqqa tortish masalalarini ham alohida o‘rganish rejalashtirilmoqda.

Gazeta.uz

gazeta.uz

Sarlavxa :
Iqtisodiyot

25 11 2026 / 11:04