Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Toshkentda V xalqaro «Biznesda halollik» forumi bo‘lib o‘tdi



Ulashing :


Toshkent shahrida «Toza biznes: halol tadbirkorlikning yangi standarti» mavzusida V xalqaro «Biznesda halollik» forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning ochilish marosimida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov, Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ishlari bo‘yicha vaqtincha ishonchli vakili Renata Vrubel hamda Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Eduard Kinsbruner ishtirok etdi.

Tadbirda biznesda halollik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish, investorlar ishonchini oshirish hamda O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

SSP matbuot xizmati





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

25 11 2026 / 12:14