9−11-dekabr kunlari Toshkentda qurilish va sanoat uchun innovatsion
materiallar va texnologiyalarga bag‘ishlangan IMTECH 2026 xalqaro forumi
bo‘lib o‘tadi. CAEx Uzbekistan markazida qurilish texnikasi, payvandlash
uskunalari, himoya qoplamalari va o‘lchov asboblari taqdim etiladi.
2025-yilda O‘zbekistonda 15,9 mln kvadrat metr uy-joy
foydalanishga topshirildi, 2026-yilning to‘qqiz oyida esa quruvchilar tomonidan
339,3 trln so‘mlik ish bajarildi — bu o‘tgan yilning mos davriga
nisbatan 12,3 foizga ko‘p degani. Bunday yuqori sur’atda so‘nggi yillarda
materiallar va texnologiyalarning o‘zi qanchalik o‘zgarganini payqamay
qolish hech gap emas. SAYS (O‘zbekiston) va “Mir-Ekspo” (Rossiya)
jamoalari tomonidan tashkil etilayotgan IMTECH 2026 — sanoat va qurilish
uchun innovatsion materiallar hamda texnologiyalar xalqaro forumi aynan
shu masalani tushunib olishga yordam beradi.
Kotlovan va texnika
Uy qurilishi kotlovandan boshlanadi. Ilgari qurilish maydonchasida
ekskavator, buldozer va yuklagich alohida-alohida ishlardi. Bugungi kunda
esa universal texnikalardan — ekskavator-yuklagichlar hamda
almashtiriladigan osma uskunali teleskopik mashinalardan tobora kengroq
foydalanilmoqda. Bitta mashinaning o‘zi ham qaziydi, ham ortadi, ham yuk
ko‘taradi, monitoring tizimlari esa texnika egasiga yoqilg‘i sarfi
va texnik xizmat ko‘rsatish muddatlari haqida ma’lumot berib turadi.
IMTECH 2026 ko‘rgazmasida qurilish texnikalari JCB tomonidan namoyish etiladi.
Beton va quvurlar
Beton hamon qurilishning asosi bo‘lib qolmoqda, unga bo‘lgan talabni esa
sement ko‘rsatkichlaridan ham ko‘rish mumkin: 2026-yilning birinchi yarmida
O‘zbekistonning yirik zavodlari 10,1 mln tonna mahsulot chiqardi, ikki yil
avval bu ko‘rsatkich 7,7 mln tonnani tashkil etgan edi. Betonning o‘zi ham
o‘zgardi. Zamonaviy qorishma — bu sement, qum, shag‘al hamda butun
bir kimyoviy qo‘shimchalar majmuasidir. Plastifikatorlar ortiqcha suvsiz uning
oquvchanligini oshiradi, tezlatgich va sekinlatgichlar qotish jarayonini
issiq yoki sovuqqa moslashtiradi, gidrofobizatorlar esa poydevorni sizot suvlaridan
himoya qiladi. Forumda beton yechimlarini “Betomaster”, kimyoviy
qo‘shimchalarni esa sanoat kimyosi ekspozitsiyasi ishtirokchilari taqdim etadi.
Xuddi shu xandakka muhandislik tarmoqlari ham yotqiziladi. Bugungi
kunda po‘lat quvurlar zavodda qoplangan izolyatsiya va korroziyaga qarshi
qoplama bilan ishlab chiqarilmoqda, suv ta’minoti va kanalizatsiya uchun
esa borgan sari zanglamaydigan polimerlar ko‘proq tanlanmoqda. IMTECH 2026
ko‘rgazmasiga quvur mahsulotlarini TMK kompaniyasi olib keladi.
Karkasni payvandlash
Metall karkasning mustahkamligi yuzlab va minglab payvand choklariga
bog‘liq. Bugungi kunda transformatorlar o‘rnini yengil invertor apparatlari,
metall konstruksiyalar zavodlarida esa mexanizatsiyalashtirilgan
va avtomatik payvandlash texnologiyalari egalladi. Avtomat chokni bir xil
tezlik va tok kuchi bilan tushiradi, shu bois ish sifati smena
yakuniga borib payvandchining charchab qolishiga u qadar bog‘liq bo‘lmaydi.
Forumda “ITS” ilmiy-ishlab chiqarish firmasi aynan shunday uskunalarni, shuningdek,
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yechimlarini
namoyish etadi.
Lok-bo‘yoq materiallari
Bo‘yoqlar ham o‘zgardi: suv-dispersion tarkiblar deyarli hidsiz, fasad
qoplamalari esa quyosh nuri, harorat o‘zgarishlari va changga chidamli
bo‘lib, bu O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo mintaqasi iqlimi uchun ayniqsa
muhimdir. Forumda Belarusning MAV kompaniyasi va “Mitsar” ilmiy-ishlab
chiqarish korxonasi o‘z lok-bo‘yoq materiallarini taqdim etadi.
Zanglashga qarshi himoya va tom yopish
Himoyasiz metall birinchi mavsumdayoq zanglay boshlaydi, shuning uchun
karkas va mahkamlash qismlari o‘nlab yillar xizmat qiladigan grunt
va emallar bilan qoplanadi. IMTECH 2026 ko‘rgazmasida bunday himoya
qoplamalarini MAV va “Mitsar” kompaniyalari taqdim etadi. Tom —
uyning eng ko‘p yuklama tushadigan qismi: yoz bo‘yi u devorlarga qaraganda
kuchliroq qiziydi. Shu bois an’anaviy ruberoid o‘rnini choksiz
yotqiziladigan va ultrabinafsha nurlariga uzoqroq bardosh beradigan
polimer membranalar hamda quyma mastikalar egalladi. Forumda polimerlar
va maxsus qo‘shimchalarni ASPM hamda “Plastpolimer” namoyish etadi.
Issiqlik yo‘qotishlarini nazorat qilish
Oxirgi qadam — barchasi to‘g‘ri bajarilganini tekshirish. Teplovizor
fasad bo‘ylab harorat qanday taqsimlanganini ko‘rsatib beradi: qayerga issiqlik
izolyatsiyasi yetarlicha yotqizilmagan, qayerda deraza tagidan yelvizak
kiryapti va plitalar tutashgan qaysi choklar “sovuqlik ko‘prigi”ga
aylangan. Ilgari bunday nuqsonlar mog‘or bosganda yoki isitish xarajatlari oshib
ketgandagina aniqlangan bo‘lsa, endi buni bir necha daqiqalik tasvirga olish
orqali aniqlash mumkin. Xuddi shu qurilmalar va pirometrlardan zavodlarda
ham uskunalar qizib ketib, avariya yuz bermasidan oldin payqash uchun
foydalaniladi. IMTECH 2026 ko‘rgazmasida “Tekkno” kompaniyasi teplovizorlar,
pirometrlar va boshqa o‘lchov asboblarini namoyish etadi.
Bularning barchasini qayerda ko‘rish mumkin?
9−11-dekabr kunlari Toshkentdagi CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazida bo‘lib
o‘tadigan IMTECH 2026 forumida qurilish sohasidagi barcha dolzarb yechimlar
bilan atigi bir kunda tanishib chiqish mumkin. Kirish rasmiy saytdan oldindan ro‘yxatdan
o‘tish orqali bepul.
газета.уз
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
27 11 2026 / 9:30