Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Bosh vazir qabulxonasi tadbirkor ko‘makchisi



Ulashing :


Bosh vazir qabulxonasi tadbirkor ko‘makchisi

Buxoro viloyatidagi Bosh vazir qabulxonalariga joriy yilning o‘tgan davrida 5 ming 537 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan joriy yilning 1 noyabriga qadar 5 ming 445 ta masala ko‘rib chiqilgan. 3 ming 212 ta masala ijobiy hal qilingan. 2 ming 224 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 ta murojaat muallifiga rad javobi berilgan. 173 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda 2 ming 195 tasi kredit va bank, 686 tasi yer ajratish, 236 tasi ruxsatnoma va litsenziya, 149 tasi infratuzilma tarmoqlariga ulanish, 180 tasi soliq, 102 ta sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, 2 ming 70 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.

Qabulxonalar tomonidan o‘tgan davrda 247 marotaba sayyor yig‘ilish o‘tkazilgan. Sayyor yig‘ilishlarda 2 ming 139 ta masala ko‘tarilgan. 287 tasi joyida ko‘rib chiqilgan. 1 ming 328 ta murojaat qoniqarli hal etilgan. Qolgan 759 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Jarayondagi 52 ta masala tegishli mas’ul idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

– Tomorqa yer maydonimda issiqxona qurib berilishida amaliy yordam so‘rab ishonch telefoni orqali murojaat qilgandim, – deydi tadbirkorlikni tashkil etish maqsadida jondorlik Gulshod Nazarova. – Murojaatim asosida tuman hokimining xulosasi olindi. Kredit asosida issiqxona qurib berilishi ta’minlandi.

Murojaatlarning 936 tasi ishonch telefonlari orqali, 102 tasi business.gov.uz portaliga onlayn kelib tushgan. 1 ming 793 tasi tadbirkorlarni bevosita qabul qilish orqali, 1 ming 631 tasi o‘tkazilgan sayyor qabullar orqali kelib tushgan.

– Agrobank Vobkent filiali krediti asosida tashkil etilgan bog‘da ko‘chatlar soni shartnomada belgilanganidan kamligini bildirib amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgandim, – deydi Vobkent tumanidagi yosh tadbirkor Shahriddin Jahonqulov. – "Rustam Muxsin" MCHJ tomonidan o‘tkazilmagan ko‘chatlar o‘rniga 700 dona ko‘chat olib berildi.

– Viloyat va tuman (shahar) qabulxonalari tomonidan yanvar-oktyabr oylarida 168 ta korxona va tashkilotlarga bildirish xatlari hamda taqdimnomalar kiritilgan, – deydi Qabulxona mudiri vazifasini bajaruvchi R.Raxmatov. –Ularning 129 tasi tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilgan. 42 nafar rahbar hamda mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan. Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining 15 nafariga, bank muassasalari xodimlarining 15 nafariga, tashkilot va idoralarning 12 nafar xodimlariga 31 ta hayfsan va 4 ta ish haqidan jarima va 7 nafar xodimga lavozimidan ozod etish jazo choralari qo‘llanilgan.

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

15 11 2021 / 14:51