2021 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha naslchilik subʼektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʼyicha foyda soligʼi, mol-mulk soligʼi, yer soligʼi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʼllanadi.
Chorvachilik
tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha
chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʼra,
2021 yil 1 martdan Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat
jamgʼarmasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan chorvachilik, parrandachilik,
baliqchilik va quyonchilik yoʼnalishidagi krediti boʼyicha toʼlovlarni oʼz
vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlarga, ularning kredit boʼyicha qarzdorligi
toʼliq qoplanmaguncha, yangi kreditlar boʼyicha jamgʼarmaning kafilligidan yana
foydalanishga ruxsat beriladi.
2021 yil 1
yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha naslchilik subʼektlari uchun ularning asosiy
faoliyat turi boʼyicha foyda soligʼi (tijorat banklarida joylashtirilgan
mablagʼlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʼi, yer soligʼi va
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida
qoʼllanadi.
Tadbirkorlar
tomonidan tegishli roʼyxatdagi tovarlar Oʼzbekistonga olib kirilganda ularni
olib kirishda hisoblangan qoʼshilgan qiymat soligʼini toʼlash muddati 180 kunga
uzaytiriladi.
2021 yil 1 iyuldan qoʼshilgan qiymat soligʼi
toʼlovchisi boʼlgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʼjaliklariga
respublika byudjetidan tegishli miqdorda subsidiya ajratiladi.
2021 yil 1
aprelgacha quyidagilar uchun hukumatning zaxira jamgʼarmasidan 3 milliard soʼm
mablagʼ ajratiladi:
• chorva mollari va parrandalar ozuqasi
tarkibini tahlil qilish;
• parrandalar kasalliklari tashxisini
qoʼyish boʼyicha laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
«Oʼzbekchorvanasl»
agentligi markaziy apparati tuzilmasida 5ta shtat birligidan iborat
Parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish boshqarmasini tashkil
etiladi.
Parrandalar bosh
sonini sugʼurtalash boʼyicha sugʼurta tovonining 50 foizigacha boʼlgan qismi
Tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplanadi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
05 03 2021 / 16:16