Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zbekistonning keyingi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rejalari



Ulashing :


O‘zbekistonning keyingi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rejalari

O‘zbekistonning keyingi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rejalari

«Yangi O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqildi.

Hujjat Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi asosida ishlab chiqilgan va 14 yanvarga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Taklif etilayotgan Taraqqiyot strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi — Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlashda kelgusi 5 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Bunda 36 yo‘nalish maqsad qilib olingan.

Kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 barobar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 4 ming dollardan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish ko‘zlangan.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyasiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish reja qilingan.


Qolaversa, Davlat byudjeti taqchilligini 2023 yildan YaIMga nisbatan 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash maqsad qilingan.Shuningdek, har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar byudjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflanadi.

Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd dollardan oshib ketmasligini ta’minlash ham rejalashtirilgan.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

06 01 2022 / 15:37