Har bir dehqon bozorida hamda shahar (tuman)dagi aholi gavjum joylarda kamida 2 tadan yengil konstruksiya asosida parranda va baliq mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘konlarini qurish uchun joy ajratiladi.
Qarorga
ko‘ra, respublikada faoliyat yuritayotgan parrandachilik korxonalaridagi mavjud
parrandalarni turli kasalliklar va favqulodda vaziyatlar (elektr energiyasi va
tabiiy gazdagi uzilishlar) oqibatida nobud bo‘lishini sug‘urtalash tartibi
ishlab chiqiladi.
Bunda, parrandalar bosh sonini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tovonining 50
foizigacha bo‘lgan qismi Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga:
o‘zi ishlab chiqargan tuxum, parranda go‘shti va baliq mahsulotlarini
sotish uchun dehqon bozorlari va aholi gavjum hududlardan o‘rnatilgan tartibda
doimiy savdo joylari (nuqtalari);
har bir dehqon bozorida hamda shahar (tuman)dagi aholi gavjum joylarda
kamida 2 tadan yengil konstruksiya asosida parranda va baliq mahsulotlari
sotishga mo‘ljallangan savdo do‘konlarini qurish uchun joy ajratiladi.
2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
huzuridagi Marhamat yengil sanoat texnikumi negizida Samarqand veterinariya
meditsinasi institutining Andijon veterinariya meditsinasi texnikumi tashkil
etiladi.
2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha veterinariya meditsinasi va
agrotexnologiyalar texnikumlarida parrandachilik, veterinariya, baliqchilik,
asalarichilik va quyonchilik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha
davlat buyurtmasi asosida qabul kvota parametrlari shakllantiriladi.
Qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson
tumanlari chorvachilikka ixtisoslashtirilib, ushbu tumanlarda zamonaviy
chorvachilik komplekslari tashkil etiladi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
05 03 2021 / 17:05