Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquq va manfaatini himoya qilishda sud va soliq organlarining vazifasi belgilab olinmoqda



Ulashing :


Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquq va manfaatini himoya qilishda sud va soliq organlarining vazifasi belgilab olinmoqda

Tadbirkorlik sub’ektlari har qanday tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar, sharoitlar yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib turibdi.

Xususan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud va soliq xizmati organlarining mas’uliyati va vazifalari aniq mexanizmlar bilan belgilab olinmoqda.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi hamda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan «Sudlarda soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda tadbirkorlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlash masalalari» mavzuida o‘tkazilgan ochiq muloqot ayni shu masalalarga bag‘ishlandi.

Tadbirda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xojaqulov,Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari M.Saidov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Nuriddin Murodov, Toshkent shahar DSB boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovlar so‘zga chiqib, tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda sud va soliq xizmati organlarining roli haqida gapirib, bu borada mas’uliyatni oshirish davr talab ekanligi, soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish mexanizmini takomillashtirish, soliq organlari tomonidan beriladigan bunday da’volarni sudga taqdim etgunga qadar sudgacha hal etishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish zarurligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, ishtirokchilar joriy yilning 31 mart kuni videoselektor yig‘ilishida davlat rahbarining yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmasligi to‘g‘risida bergan vazifasi ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi B.Sultonov iqtisodiy sudlarga 2021 yil va 2022 yilning 1-choragi davomida davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan da’vo ariza va arizalarning ko‘rib chiqilishi va natijalari to‘g‘risidagi tahliliy-statistik ma’lumotlar haqida to‘xtalib, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularning yechimi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Murodov so‘zga chiqib, davlat soliq xizmati organlarining tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan iqtisodiyot sohasidagi qonun-buzilish holatlari, jumladan, qarzdorlikni jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki hisobidan undirish, soliq to‘lovchining bankdagi hisob-varaqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, shuningdek, majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi da’vo ariza (arizalar) bilan iqtisodiy sudlarga murojaat etishida soliq organlari ish uslubini zamon talablariga moslash, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligiga urg‘u berdi.

MUAMMOLARNING YeCHIMI BORASIDA...

Ishi sudda ko‘riladigan tadbirkorlarga yo‘q joydan zarar yetkazib qo‘ymaslik tadbirning maqsadlaridan biri ekanligi sezilib turdi.

Soliq mutasaddilaridan biri bankrotlikka doir soliq da’volari sudyalar tomonidan ko‘p holatlarda qaytarilayotganini aytib, e’tiroz bildirdi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sud raisi Nuriddin Murodov tadbirkorga oid har bir ariza sud tomonidan atroflicha o‘rganilishi, agar soliq organi arizasida xato va kamchiliklar bo‘lsa, uni qaytarishga sudya albatta haqli ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, “Yuristkadr” telegram kanali ma’muri S.Muxtoraliyev «Davlat rahbari yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmasligi haqida ko‘rsatma bergan edi. Endi Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga jarima qo‘llash bo‘yicha bo‘layotgan joriy sud ishlari nima bo‘ladi? Topshiriq ijrosi yuzasidan Toshkent shahar soliq boshqarmasi va tumanlararo iqtisodiy sud qanday yo‘l tutadi?» degan savolni o‘rtaga tashladi.

Berilgan javoblarga ko‘ra, soliq organlari Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha jarima qo‘llash harakatlarini, shuningdek, sudga ariza kiritish ishlarini to‘xtatadi. Ishi sudda ko‘rilayotgan tadbirkorlar bo‘yicha ham Prezident qo‘ygan topshiriqlardan kelib chiqib ish tutiladi. Bu borada biror-bir muammo bo‘lmaydi.

Yakunda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi IPK, O‘zbekiston Respublikasi SK, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga qat’iy rioya qilish, davlat soliq xizmati organlarining yuridik shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirishda, davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish, soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlash qaratilgan, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

06 04 2022 / 14:00