Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Korxonada ishlab chiqarilayotgan dori vositalari turi 210 taga yetkaziladi



Ulashing :


Namangan tumanidagi “Merrymed Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 176 turdagi dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Mamlakatimiz farmatsevtika sanoatining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan suspenziya va siroplar, tabletka va kapsulalar, infuziyalar, mazlar, ko‘z tomchilari, antibiotiklar, svechalar, in’eksion dori vositalari import o‘rnini bosishi bilan ahamiyatli.

Korxonada yana 34 turdagi dori vositasini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan bo‘lib, yaqin kunlarda ular ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu yerda tayyorlanayotgan farmatsevtika mahsulotlari turi 210 taga yetadi.

Korxona shuningdek, o‘z mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham loyihalarni boshlab yuborgan. Hozirda Afg‘oniston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlari bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.


https://www.uza.uz/uz/posts/korxonada-ishlab-chiqarilayotgan-dori-vositalari-turi-210-taga-etkaziladi_249235


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

16 03 2021 / 16:00