Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil fevral oyi uchun tashqi savdosi



Ulashing :


Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil fevral oyi uchun tashqi savdosi

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil fevral oyi uchun tashqi savdosi

2022 yilning yanvar-fevral oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 8,7 mlrd. dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 4,0 mlrd. dollariga yoki 84,9%ga ko‘paydi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

TSAda eksport hajmi 4,1 dollarga (173,2%ga ko‘paydi) va import hajmi 4,6 dollarga (43,9%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 538,4 mln.dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor - davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi jahonning 150 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (15,6%), Rossiya Federatsiyasida (14,3%), Qozog‘istonda (7,1%), Turkiyada (6,0%), Koreya Respublikasida (4,6%), Qirg‘iz Respublikasi (1,6%) qayd etilgan.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 31,2% ulush bilan 2 727,2 mln.dollarni, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8% ulush bilan 67,1 mln.dollarni tashkil etdi.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

27 04 2022 / 9:49