Janubiy
Koreya Respublikasining “Tabiiy fermer
xo‘jaliklari ittifoqi protokoli”
tashkiloti vakillari bilan
uchrashuv
Joriy yil 19 may
kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik
va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida
Janubiy Koreya Respublikasining “Tabiiy
fermer xo‘jaliklari ittifoqi
protokoli” tashkiloti vakillari
bilan uchrashuv bo‘lib
o‘tdi.
Uchrashuvda investitsiya va
qishloq xo‘jaligi sohasida
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash,
onlayn-elektron savdo platformasini
yaratish bo‘yicha hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish kabi
masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun:
“Tabiiy fermer xo‘jaliklari
ittifoqi protokoli” tashkiloti
Blokcheynga asoslangan platforma
asosida faoliyat olib
boradi. Tashkilot 6-sanoat
va blokcheyn texnologiyasi
konvergensiyasining integratsiyalashgan qishloq
xo‘jaligi platformasi ekotizimini
quradi. Ishlab chiqaruvchilar va
distribyutorlar, iste’molchilar va
investorlar har bir
mahsulot uchun foydali
sikl tuzilmasini shakllantirib, bir-birining
foydasini maksimal darajada
oshirish bo‘yichaish olib
boradi.
Tashkilotning faoliyati
uch xil sanoatni
birlashtirish natijasida shakllanadigan boshqaruv
shakliga asoslangan:
birlamchi
sanoat qishloq xo‘jaligi,
chorvachilik, baliqchilik va
o‘rmon xo‘jaligi;
ikkilamchi
sanoat,
oziq-ovqat mahsulotlarini qayta
ishlash va tegishli
mahsulotlar ishlab chiqarish;
uchinchi
darajali sanoat, savdo
va xizmat ko‘rsatish
sohalari
Muzokaralarda, shuningdek, O‘zbekistonda
yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining Koreya
Respublikasi bozoriga oson
yetib borishini ta’minlash
masalasi muhokama qilindi. Ushbu
hamkorlik doirasida, shuningdek,
O‘zbekiston eksport qilayotgan
mahsulotlar sifati va
raqobatbardoshligini
oshirish, Yevropa Ittifoqi
hamda ichki bozorni
himoya qilish darajasi
yuqori bo‘lgan boshqa
mamlakatlar bozorlariga kirish
imkonini beradi.
Mazkur
yo‘nalishda Janubiy Koreya
tomoni O‘zbekistonda o‘simliklar
karantini sohasida zamonaviy
laboratoriya tashkil etish
va kadrlarni tayyorlash
bo‘yicha ham hamkorlik
qilish mumkunligi ham
ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv
yakunida O‘zbekiston Tadbirkorlik
va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi
Janubiy Koreya “Tabiiy
fermer xo‘jaliklari ittifoqi
protokoli” tashkiloti o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik Memorandumi
imzolandi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
20 05 2022 / 12:33