O‘zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish jarayonida fuqarolardan Meningkonstitutsiyam.uz portali, Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflar yig‘iladi. Portalda yagona ID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Bildirilgan takliflar moderator ma’qullaganidan keyin e’lon qilinadi.
"Mening
konstitutsiyam" platformasi
O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy komissiya
faoliyati yangiliklari va fuqarolardan taklif qabul qilish platformasi – meningkonstitutsiyam.uz portali ishga tushirildi.
Portalda
Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha taklif qoldirish mumkin.
Buning uchun portalga elektron hukumatning yagona avtorizatsiya tizimi –
id.egov.uz orqali kirish zarur bo‘ladi.
Yuborilgan taklif
portalda e’lon qilinishi uchun tizim moderatori – Ishchi guruh tomonidan
ekspertizadan o‘tishi kerak. Saytning “Tez-tez beriladigan savollar” qismida takliflar qancha
muddatda e’lon qilinishi haqidagi savolga javob berilmagan.