10 iyun kuni prezident «Yerlar degradatsiyasiga qarshi
kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
[277-sonli] qarorga imzo chekdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qishloq
xo‘jaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari
bo‘yicha bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Unga
ko‘ra, vazirlik yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida
yagona davlat siyosatini yuritadi. Cohada davlat dasturlari va istiqbolga
mo‘ljallangan strategiyalarni ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda
ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Yerlar
degradatsiyasi va cho‘llanishi, shu jumladan yerlarni tiklash,
rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab
foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq xo‘jaligi
ekinlarini almashlab ekish, o‘rmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari
monitoring qiladi.
Shuningdek,
vazirlik yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borishga
mas’ul korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor
shaxslarga sohada bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi.
Qarorga
ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan
kurashish masalalari bo‘yicha departament va hududlarda Yerlar degradatsiyasiga
qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, yerlar sifatining yomonlashish
jarayoni, ular hosildorligining pasayishi — yerlar degradatsiyasidir.
Qurg‘oq iqlim sharoitida yerlar degradatsiyasi ko‘p hollarda cho‘llanish
jarayoniga o‘tib ketadi, bunda hosildor yer sahroga aylanadi.
«газета.уз»дан олинди
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
13 06 2022 / 12:36