Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi asosiy yoʻnalishlari:
·
tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy
qoʻllab-quvvatlash orqali joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini
yaхshilash boʻyicha sa’y-harakatlarni davom ettirish;
·
eksport qiluvchi tadbirkorlik
sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali respublikada eksport hajmini oshirishga
koʻmaklashish;
·
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali
yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy
dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
·
mamlakatda kichik tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, jumladan hududlarda
iqtisodiy oʻsish va yangi ish oʻrinlarini yaratishda muhim drayver sohalarni
rivojlantirish borasida moliyaviy koʻmaklashish;
·
tijorat banklarining kreditlari
orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yoʻnalishlar,
jumladan aхborot tizimlari va dasturlarini yaratish loyihalarini moliyaviy
qoʻllab-quvvatlash.
2022 yil 1 iyuldan boshlab:
·
Jamgʻarma tomonidan kichik
tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga tijorat banklarining umumiy qiymati 5
milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasidan oshmagan
kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy
stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha
kompensatsiya taqdim etiladi;
·
tijorat banklari kreditlariga
kafillik:
- kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga
ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard
soʻmdan oshmagan miqdorda;
- 2025 yil 1 yanvarga qadar kichik biznesni va oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun mahallalarga biriktirilgan
kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 75 foizigacha taqdim etiladi.
Tijorat banklarining kredit va lizinglari boʻyicha kompensatsiyalar hamda kafilliklar Jamgʻarmaning mavjud moliyaviy resurslari va tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladi, quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlar bundan mustasno:
·
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab
chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;
·
savdo (bundan eksportoldi
moliyalashtirish mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilgʻi
quyish hamda elektr quvvatlantirish shoхobchalari faoliyatini tashkil etish va
amalga oshirish;
·
yengil va ilgari foydalanishda
boʻlgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni ta’mirlash (chet
eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
·
bino-inshootlarni sotib olish;
·
aylanma
mablagʻlarni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);
·
ilgari
olingan kredit va lizinglarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
·
nobank kredit
tashkilotlari, lizing va sugʻurta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish.
2023 yil 1 yanvardan boshlab Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻ miqdoridan kelib chiqib, Jamgʻarma tomonidan bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova.
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/tadbirkorlik_subektlarini_moddiy_kumagini_davlat_jamgarmasi_taminlaydi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
21 06 2022 / 16:36