Tadbirda ikki mamlakatning vazirliklari,
idoralari, tarmoq birlashmalari, mahalliy hokimliklari xamda ishbilarmon
vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.
O‘zbekiston – Turkmaniston hududlararo forumi hamda
uning doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston tadbirkorlar Kengashining
2-yig‘ilishi, O‘zbekiston va Turkmaniston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi, ikki
mamlakat xalq amaliy san’ati mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Shuningdek,
Turkmaniston tomoni bilan investitsiya loyihalari va savdo bitimlari
imzolanadi.
Forum doirasida turkmanistonlik hamkorlar bilan ikki
tomonlama savdo-iqtisodiy kelishuvlar, investitsiya shartnomalarining
loyihalari, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar
imzolanishi rejalashtirilgan. Bunda qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik,
to‘qimachilik, kimyo va neft-kimyo sanoati, transport va logistika, energetika,
turizm va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo
shartnomalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Forumda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi tarmoq
birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari, har bir viloyatning salohiyati
bo‘yicha aniq investitsiya takliflarini mujassam etgan taqdimotlar o‘tkazadi.
Shuningdek, Turkmaniston tomoni bilan erishilgan kelishuv va bitimlar
doirasida amalga oshirilgan loyihalar va shartnomalar, xususan, qiymati 308
million dollarlik 8 ta eksport shartnomasi, qiymati 10 million dollarga teng
bo‘lgan 1 import shartnomasi va 10 million dollarlik yirik investitsiya
loyihasi amalga oshiriladi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
o‘rinbosari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov hamda
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Batыr Atdayev ishtirok etmoqda.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
13 07 2022 / 15:16