Xalq bilan bevosita muloqot
qilish, odamlarning o‘y-fikrlarini bilish, ularni qiynayotgan muammolarni
aniqlash barcha darajadagi rahbarlarning kundalik ish faoliyatining muhim qismi
hisoblanadi.
Senatorlar ish faoliyati ham
shunday tuzilgan. Ayniqsa, joylardagi senatorlar har kuni xalq orasida
bo‘lishga harakat qilib kelmoqda. Shunga qaramay Oliy Majlis Senati Raisi
Tanzila Norboyeva Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarni hududlarga
xizmat safariga yubordi.
Har bir viloyatga boradigan
senatorlar ro‘yxati shakllantirildi. Ular bir hafta mobaynida boradigan
viloyatida odamlar bilan uchrashib, ular bilan muloqot qiladi.
Uchrashuvlar davomida,
shuningdek, Senatning yaqinda bo‘lib o‘tgan yigirma sakkizinchi yalpi majlisida
ma’qullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan masalalar haqida xalqimizni yaqindan
xabardor qiladi.
Jumladan, “O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining
mazmun-mohiyati va ahamiyati aholiga kengroq tushuntiriladi.
Shuningdek, Senat, Senat
Kengashi va qo‘mitalarning qarorlari ijrosi, Senatga fuqarolardan kelib tushgan
murojaatlar yuzasidan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun:
– senatorlar Boriy Alixanov,
Botir Matmuratov – Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
– Ravshanbek Alimov – Andijon
viloyatida;
– Erkin Gadoyev – Buxoro
viloyatida;
– Risqul Siddiqov – Jizzax
viloyatida;
– Qobil Tursunov – Navoiy
viloyatida;
– Mahmud Parpiyev – Namangan
viloyatida;
– Farhod Boqiyev – Samarkand
viloyatida;
– Anvar To‘ychiyev – Sirdaryo
viloyatida;
– Odiljon Iminov – Surxondaryo
viloyatida;
– Malika Qodirxonova –
Toshkent viloyatida;
– Manzura Salimova – Farg‘ona
viloyatida;
– Bahodir Tojiyev – Xorazm
viloyatida;
– Tolibjon Madumarov –
Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida.
Senatorlarga savolingiz bormi? Unda o‘z hududingizda bo‘lib turgan vakillar bilan uchrashing, ularga muammolaringiz haqida ayting.
N.Abduraimova, O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
13 07 2022 / 15:22