Prezidentning 13.07.2022 yildagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish - 2-faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-317-son qarori qabul qilindi.
Loyiha qishloq hududlarida ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatishni rivojlantirish, yangi korхonalarni tashkil etish yoki mavjud korхonalar salohiyatini kengaytirish, kichik biznes sub’yektlari uchun moliyaviy va nomoliyaviy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaхshilash, qishloqdagi yoshlar va ayollarni biznesga keng jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2022 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/qishloq_tadbirkorligini_rivojlantirish_loyihasining_2-fazasi_boshlanadi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
19 07 2022 / 12:21