O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdordagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi ham beriladi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kredit faqat ushbu sotilgan davlat aktivi hisoblangan korxona (ob’ekt) va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflanadi.
Berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini tegishli tijorat banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi monitoring qilib boradi.
O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
02 08 2022 / 12:04