Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

"Inson qadri" onlayn platformasi – hayotda va nazoratda" mavzusidagi seminar



Ulashing :


2021 yil 11 avgust kuni "taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi bilan hamkorlikda "inson qadri" onlayn platformasi – hayotda va nazoratda" mavzusida seminar o'tkazildi.

Ushbu seminar ishtirokchilari - "taraqqiyot strategiyasi" markazi, O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi, Adliya vazirligi, qishloq xo'jaligi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo'llab-quvvatlash markazi tashkilotchilari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari.

Mazkur seminarda "inson qadri" onlayn platformasining ahamiyati, "inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" davlat dasturi ijrosi bo'yicha jamoatchilik eshituvi, yuqorida qayd etilgan vazirliklar tomonidan davlat dasturi doirasida 2022 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan muhim ishlar taqdimoti o'tkazildi va muhokama qilindi.

Seminarni kirish so'zi bilan "taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Tulyakov Eldor Sobirjonovich boshlab berdi. Tadbirda "taraqqiyot strategiyasi" markazi bosh mutaxassisi Djuraev Ilxom "inson qadri" onlayn platformasini taqdim etdi.

Seminarda shuningdek, qishloq xo'jaligi vazirligi mutaxassisi Qosimov Islomjon tomonidan qishloq xo'jaligi sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ushbu sohaga ajratilayotgan subsidiyalar yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi va prezentasiya qilindi.

Shuningdek seminarda "inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" davlat dasturi bo'yicha 2022 yilning fevral – iyun oylarida amalga oshirilgan ishari taqdimoti bilan Normamatov Nizomiddin chiqish qildi. Davlat dasturining 2022 yil 1 yarim yillikda Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan Mahalla va nuroniylarni qo'llab–quvvatlash vazirligi masul xodimi amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'ruza qildi.

Shundan so'ng tadbirda maktab bitiruvchilari uchun kasbni egallashga ko'maklashish bo'yicha yaratilga imkoniyatlar, Xalq talimi vazirligining o'quvchilarni kasbga yo'naltirish va mehnat bozoriga tayyorlash bo'limi boshlig'i Musaev Komiljon so'zga chiqdi.

Seminar qatnashchilari suhbat yakunida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Seminar yakuni bo'yicha davlatdasturi.uz portali orqali Davlat dasturi ijrosining borishi borasida o'z taklif va mulohazalarini bildirish, jamoatchilik nazorati tizimini hayotga tizimli tadbiq etish, "harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasiga o'tish" - bugungi kunda yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi muhim omil ekanligi ta'kidlandi.





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

12 08 2022 / 15:38