Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Deputat g‘ijduvonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi



Ulashing :


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 30-G‘ijduvon saylov okrugidan saylangan Shuhrat Bafoyev tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda joriy yilning 22 avgust kuni Xalqaro kongress markazida Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti va unda ilgari surilgan maqsad va vazifalar haqida so‘z bordi. Bu tarixiy uchrashuvning tadbirkorlar faoliyatida qator yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta yo‘nalish soha xodimlari uchun asosiy dasturulamal ekanligi aytib o‘tildi hamda tuman tadbirkorlari ham ana shu yo‘nalishlar asosida o‘zlarining kelgusidagi vazifalarini belgilab olishlari zarurligi qayd etildi.

Tuman tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda sohaning turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan kishilarning ayrim muammolari ham tinglandi. Ular yechimi bo‘yicha tegishli chora tadbirlar belgilandi.

Jumladan, hududning F.Xo‘jayev mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikning savdo-sotiq yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan Q.Jo‘rayevning do‘koni tuman rejasiga asosan olib tashlanganligi munosabati bilan tadbirkor unga faoliyat yuritishi uchun boshqa joy ajratish hamda yetkazilgan zararni qoplab berish bo‘yicha tovon puli ajratilishida amaliy yordam berishni so‘radi.

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yana bir fuqaro G‘ijduvon shahrida psixologik markaz ochish uchun unga joy va imtiyozli kredit masalasida yordam berishni so‘rab murojaat etdi.

Masalalar atroflicha muhokama etildi. Tegishli tartibda yordam berilishi ta’kidlandi

Zarif Komilov, O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

30 08 2022 / 9:47