Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Palata tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, sudlarga 61 ta da’vo arizasi kiritdi



Ulashing :


O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, sudlarga da’vo ariza kiritsa, tadbirkorlardan davlat boji undirilmaydi. Bu esa tadbirkorlar uchun katta qulaylikdir.

Shu bois tadbirkorlar huquqlari buzilganda palata himoyasidan foydalanishga harakat qilmoqda.

O‘tgan hafta davomida Savdo sanoat palatasi markaziy apparati tomonidan a’zolari manfaati yo‘lida jami 61 ta holatda sudlarga da’vo arizalari kiritdi.

2 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidan vujudga kelgan nizolar palata vakillarning aralashuvi yordamida sudgacha o‘zaro kelishuv yo‘li orqali hal etildi.

14 ta normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazildi, shundan 10 tasi bo‘yicha aniq takliflar bilan xulosalar berildi.

Ushbu hafta davomida “Chamber Business Solutions” unitar korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yagona raqamlariga umumiy hisobda 2 ming 303 ta qo‘ng‘iroq kelib tushdi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan jami 115 ta murojaat kelib tushdi.

Har bir murojaat e’tiborga olinib, unda ko‘tarilgan muammolar hal etilmoqda.

Shuhrat Ne’matov, O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

30 08 2022 / 10:21