Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 3 dekabrda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazildi va 2006 yil 18 yanvarda 563-p-son bilan qayta ro‘yxatdan
o‘tkazilgan.
Tashkiliy-tarkibiy jihatdan partiya 14 ta
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri hududiy Kengashlari hamda yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan 207 ta tuman va shahar partiya bo‘limlaridan
iboratdir.
2020 yil davomida partiyaning ijroiya
apparatlarida 665 kishi, jumladan, Siyosiy Kengash Ijroiya
qo‘mitasi apparatida 61 kishi, hududiy partiya tashkilotlari
va tuman (shahar) kengashlarida 604 kishi faoliyat yuritdi.
2020 yil 1 yanvar holatiga partiyaning barcha
bo‘g‘inida byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birligi 678 tani
tashkil etdi, jumladan, Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi apparatida 74,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari
apparatlarida 245, shuningdek 359 nafar xodim
tuman (shahar) kengashlari apparatlarida faoliyat ko‘rsatdi. Qo‘shimcha shtat birliklarini
ta’minlash xo‘jalik hisobidan joylarda amalga oshiriladi.
2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra partiyaning hisob raqamlaridagi qoldiq
mablag‘lar 1 mlrd. 930 mln. 448 ming so‘mni tashkil qilgan.
2020 yil davomida partiyaning hisob raqamlariga jami 35 mlrd. 306 mln.
431 ming so‘m kelib tushgan, jumladan, davlat byudjetidan 29
mlrd. 577 mln. 131 ming so‘m, a’zolik badallaridan 5 mlrd. 397
mln. 315 ming so‘m, homiylik va xayriya yordamlaridan 51 mln.
477 ming so‘m, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromad 102
mln. 310 ming so‘m va boshqa tushumlar 119 mln. 545 ming so‘m,
mahalliy saylovlar uchun 57 mln. 451 ming so‘mni tashkil
etgan.
Partiyaning 2020 yildagi Ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan
xarajatlar 32 mlrd. 965 mln. 670 ming so‘mni tashkil etdi,
jumladan, partiyaning ijro etuvchi apparati ta’minoti uchun joriy
xarajatlarga 30 mlrd. 226 mln. 337 ming so‘m, partiya
a’zolarining radio-televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida
chiqishlarini tashkil etish va ko‘rgazmali targ‘ibot materiallarini nashr
qilish hamda tarqatish uchun 339 mln. 837 ming so‘m, partiya
faollarini o‘qitishga qaratilgan seminar va treninglar o‘tkazish uchun 13
mln. 955 ming so‘m, konferensiya va s’ezdlar o‘tkazish uchun 126
mln. 500 ming so‘m, partiyaning mol-mulkini saqlash va ulardan
foydalanish bilan bog‘liq kommunal xizmatlar va ekspluatatsiya xarajatlari
uchun 1 mlrd. 998 mln. 488 ming so‘m, saylovga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar
uchun 51 mln. 451 ming so‘m, boshqa
xarajatlarga 204 mln. 923 ming so‘m sarflandi va saylovga
ajratilgan mablag‘ning o‘zlashtirilmagan 4 mln 175 ming so‘m mablag‘
MSKning hisob raqamiga qaytarildi.
Partiyaning bank hisobvaraqlarida 2021 yil 1 yanvar holatiga qoldiq
mablag‘lar 4 mlrd. 271 mln. 209 ming so‘mni tashkil etdi.
2021 yilda partiya byudjeti 49 mlrd. 640 mln. 259 ming so‘mni
tashkil etishi kutilmoqda, shundan 33 mlrd. 069 mln. 023 ming so‘m
davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, 12 mlrd. 27 ming so‘m
a’zolik badallari mablag‘i, 100 mln. so‘m xayriya yordami
mablag‘lari, 200 mln. so‘m tadbirkorlik faoliyatidan kelib
tushadigan mablag‘lar va 4 mlrd. 271 mln. 209 ming so‘m
hisobvaraqlardagi qoldiq mablag‘lardir.
Partiyaning 2021 yildagi byudjetining asosiy
ko‘rsatkichlari quyidagi tartibda moliyalashtirilishi rejalashtirildi. Partiyaning ijro etuvchi
apparati joriy xarajatlarga 85 foiz, partiya a’zolarining
radio-televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil
etish va ko‘rgazmali targ‘ibot materiallarini nashr etish va tarqatish
xarajatlariga 1,5 foiz, partiyaning matbuot organiga yordam
ko‘rsatishga 1 foiz, partiya konferensiyalari, s’ezdlarini
o‘tkazish xarajatlariga 1 foiz, partiya faollarini o‘qitishga, ular
bilan seminarlar, treninglar o‘tkazish xarajatlariga 2 foiz,
partiyaning mol-mulkini saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq kommunal
xizmatlar va ekspluatatsiya xarajatlarini to‘lashga 8,5 foiz va
boshqa xarajatlarga 1 foiz.
O’zLiDeP
saytidan olindi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
26 03 2021 / 9:40