Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan 80 million so‘mlik soliq bekor qilindi



Ulashing :


Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi “Business” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ob’ekt foydalanilmayotgan sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Xususan, Urganch shahar hokimining noqonuniy qarori asosida MCHJga tegishli yer maydoni yer zaxira fondiga qaytarilgan. Natijada, jamiyat 1 yil davomida ushbu hududda joylashgan ob’ekt bo‘yicha qurilish ishlarini muntazam ravishda olib borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Keyinchalik Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mazkur ob’ekt foydalanilmayotgan sifatida e’tirof etilgan.

Tadbirkorning manfaatida Biznes-ombudsman tomonidan Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan shikoyat arizasi natijasida Urganch davlat soliq inspeksiyasining foydalanilmayotgan ob’ektlarni mustaqil aniqlash bo‘yicha xulosasi haqiqiy emas, deb topildi va tadbirkorga hisoblangan 80 million so‘mlik ta’sirchan soliq mexanizmi bekor qilindi.

Abdulla Boltayev,
Biznes-ombudsman devonining bosh inspektori
O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

15 09 2022 / 13:40