Avgust oyida ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda 1500 dan ortiq korxona ishtirok etdi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.
Avgust oyida ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi o‘tgan oyga nisbatan 11 punktga yaxshilanib, 64 punktni tashkil etdi, bu esa mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi. Jamlangan indeksning yaxshilanishiga qishloq xo‘jaligida (45 dan 65 punktgacha o‘sish) va sanoatda (47 dan 67 punktgacha) ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 63 punktda o‘zgarishsiz qoldi.
Ishbilarmonlik muhiti indikatorining dinamikasi
Tarmoq kontekstida qishloq xo‘jaligidagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 65 punktni, xizmat ko‘rsatish – 63 punktni, qurilish – 52 punktni va sanoatda – 67 punktni tashkil etdi.
Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichining tarmoqlar bo‘yicha dinamikasi

"Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti"ni tayyorlashda 8,5 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlar muammolarini hal qilish va joriy yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida bildirilgan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari biznesning hozirgi holati ko‘rsatkichini (39 punktdan 55 punktgacha o‘sish) va rivojlanish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichini (69 punktdan 74 punktgacha o‘sish) sezilarli darajada yaxshiladi.
Tarmoqlar kesimida hozirgi holat ko‘rsatkichining keskin o‘sishi qishloq xo‘jaligida (+30 p.) va sanoatda (+29 p.) qayd etildi.
O‘z biznesining hozirgi holatini yaxshi, deb qayd etgan respondentlarning ulushi 43 foizdan 49 foizgacha oshdi va aksincha, yomonlashganini qayd etgan respondentlar soni 17 foizdan 12 foizgacha kamaydi.
Korxonalarning 26% o‘z xodimlari sonini ko‘paytirdi va 46 foiz esa o‘z tovarlari/xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishini qayd etdi.
Keyingi 3 oy ichida biznesni rivojlantirish istiqbollarining optimistik taxminlari korxonalarning 73 foiz o‘z biznes istiqbollarining yaxshilanishini baholashi, 69 foiz tovar va xizmatlarga talabning yanada o‘sishini kutishi va 66 foiz xodimlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirishi bilan tavsiflanadi.
Mavjud vaziyat qiymatlari va taxminlar o‘rtasidagi munosabatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik sub’ektlarining baholariga ko‘ra, iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiya keyingi 3 oy ichida davom etadi.
Barcha respondentlar orasida 50 foizi ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligini ta’kidladi. Shu bilan birga, korxonalar vakillari o‘z bizneslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Tadbirkorlarni eng ko‘p tashvishga solayotgan muammolar (kamayish tartibida) moliya manbalaridan foydalanish, ikkinchi o‘rinda soliq ma’muriyati, yer ajratish, soliq stavkalarining yuqoriligi, xom ashyo yetishmasligi, suv ta’minoti va boshqalar bor.
Feruzbek Davletov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sektor mudiri.
O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
20 09 2022 / 10:42