Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorlarning takliflari nazoratga olindi



Ulashing :


Yangi Andijon shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Prezidentimizning joriy yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan “Ochiq muloqoti” natijalari muhokamasi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqish, shuningdek, 2022 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “Ochiq muloqoti” da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakillari hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat tashkilotlari, soliq, bank idoralari rahbarlari, 150 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning “Ochiq muloqoti” samaralari, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha beshta yo‘nalishdagi taklif va tashabbuslari xususida fikr almashildi, qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Belgilangan yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni manzilli tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini shakllantirish, tadbirkorlar uchun yetarli sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish, mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish masalalari bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 25 ta muammo va taklif yuzasidan alohida-alohida chora-tadbirlar belgilandi. Ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilar, mas’ullar va tadbirkorlarga vazifalar topshirildi. Shuningdek, uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklar xususida ma’lumotlar berildi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga mutasaddilar atroflicha javob qaytardi.

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

20 09 2022 / 10:46