Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘mon bilan savdo-iqtisodiy aloqa ko‘lami kengayadi



Ulashing :


Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov O‘mon savdo, sanoat va investitsiyani targ‘ib qilish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bugungi kunning muhim mavzusi ekanini ma’qulladilar.

Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzish va tomonlar qiziqishiga birdek javob bera oladigan loyihalarni birgalikda ishlab chiqish jarayonini muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘mon biznes vakillarining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga ham kelishildi.

O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

22 09 2022 / 13:02